22 Apr 2020

Pandemiya davrida mehr- shavqat va yordam ko’rsatish

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi 213-f-sonli qarori bilan «Mehr-muruvvat va qo’llab-quvvatlash» jamg’armasi tashkil etildi. Ushbu fondning mablag’lari koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj ko’p bolali oilalarni, qariyalar va nogironlarni pul mablag’lari, iste’mol tovarlari, dori vositalari va boshqa zarur mahsulotlar bilan ta’minlashga yo’naltirilgan. Karantin sharoitlarida yurtimizning barcha hududlarida turli xil xayriya tadbirlari o’tkazilmoqda.

Pandemiya va karantin davrida Jamiyat Prezidiumining 2020 yil 4 martdagi 18-1-sonli qarorini bajarish maqsadida O’zbekiston QYaOJning hududiy, shahar va tuman tashkilotlari o’zlarining Nizom faoliyatini Jamg’arma bilan yaqin hamkorlikda davom ettirmoqdalar. Xususan, O’zbekiston QYaOJning Andijon viloyati tashkiloti tomonidan koronavirusga qarshi profilaktika choralariga rioya qilish bo’yicha aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda, tibbiy niqoblar, antiseptiklar, tibbiy qo’lqoplar va gigiena vositalari tarqatilmoqda.

Savdo markazlari, shahar transport vositalari va bozorlarda aholi o’rtasida koronavirus infektsiyasini oldini olish maqsadida O’zbekiston QYaOJ Namangan viloyat tashkilotining shahar bo’limi tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Karantinda bo’lganlar uchun tashkilot 4ta chodir ajratdi. Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalar va tashkilot qaramog’idagi shaxslar uchun ko’ngillilar yordamida shaxsiy gigiena vositalari, antiseptiklar va tibbiy niqoblar etkazib berildi.

O’zbekiston QYaOJ Navoiy viloyat tashkilotining Navbahor tuman bo’limi tuman hokimligi «Oila» tuman markazi bilan birgalikda 7 nafar nogironligi bo’lgan kam ta’minlangan fuqarolarga oziq-ovqat to’plamlarini topshirdilar. Shuningdek, O’zbekiston QYaOJning Qiziltepa va Nurota tuman bo’limlari xodimlari va ko’ngillilari Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogiron fuqarolariga yordam berdilar.

Shu munosabat bilan O’zbekiston QYaOJning Toshkent viloyati tashkiloti Oqqo’rg’on tuman bo’limi faoliyatini alohida ta’kidlash joiz. Uning xodimlari homiylarning ko’magi bilan tumandagi yolg’iz, nogiron va kam ta’minlangan oilalarga xayriya yordami ko’rsatdilar.

Pandemiyaga qarshi kurashda O’zbekiston QYaOJning Toshkent shahar va Samarqand viloyat tashkilotlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shmoqdalar. Koronavirus oldini olish bo’yicha bukletlar va tibbiy niqoblar ushbu tashkilotlar xodimlari va ko’ngillilari tomonidan aholi o’rtasida bepul tarqatilmoqda.

«Mehr-muruvvat va qo’llab-quvvatlash» milliy harakati doirasida O’zbekiston QYaOJning Toshkent viloyat tashkiloti, viloyat Adliya boshqarmasi Pskent viloyati tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash markazi bilan birgalikda «Bekobod», «Mailobod», «Xoliqberdi» va «Dunko’rg’on» mahallalarida yashovchi 20 dan ortiq kam ta’minlanganlar, muhtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurishdi, mavjud muammolar va ehtiyojlarni o’rganib chiqib, ularga homiylarning maxsus sovg’alarini topshirdilar.

Karantin davrida qariyalarning sog’lig’iga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekiston QYaOJning Toshkent viloyati tashkiloti Angren shahar bo’limi xodimlari ko’ngillilar yordamida 170 nafar yolg’iz qariyalar xonadonlariga tashrif buyurib, karantin davrida kerakli gigiena vositalari va zarur dori-darmonlarni etkazib berishdi.

Shuningdek, O’zbekiston QYaOJning Toshkent viloyati tashkiloti Olmaliq shahar bo’limi faoliyatini ta’kidlab o’tish lozim. Ushbu bo’lim aholi o’rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida shaxsiy himoya vositalarini yetkazib bermoqda. Bo’lim xodimlari kam ta’minlangan oilalar va qariyalarga oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berishdi.

Umuman olganda, karantin davrida QYaOJning viloyat, shahar va tuman tashkilotlari tomonidan aholiga 100 902ta tibbiy niqob, 39 mingdan ortiq gigiena vositalari, koronavirusning oldini olish bo’yicha 33 mingga yaqin bosma materiallar tarqatildi, ushbu mavzuga butun respublika bo’ylab ommaviy axborot vositalarida 279ta turli dasturlar va maqolalar bag’ishlandi.