Tabiiy ofatlarga qarshi kurash guruhlarini tayyorlash

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni bartaraf etish bo’yicha
O’z QYaOJ faoliyatining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri bu jamiyat ko’ngillilari tarkibidan ofatlarga qarshi kurash guruhlarini (TOQKG) tuzish va jihozlashdir. Bugungi kunga kelib, 440 kishi va Milliy TOQKGning 50 a’zosidan iborat 24 dan ortiq jamoa tuzildi.

Bu jamoalar har xil turdagi favqulodda vaziyatlarda aholiga beg’arazlik asosda yordam ko’rsatadilar va asosan gumanitar yordam tarqatishda, O’zQYaOJ tomonidan o’tkaziladigan tadbirlarda, qo’shma qo’mondonlik-shtab, taktik-maxsus o’quv mashlarida qatnashadilar. Jamoaning barcha a’zolari birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, chodirli lager tashkil etish, insonparvarlik yordamini berish, tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish, jabrlanganlarni tashish bilim va ko’nikmalariga egadirlar, shuningdek favqulodda vaziyatlarda logistika sohasidagi mutaxassislaridir.

Ta’kidlash joizki, 2011-yilda hududiy TOQKGlar bilan bir qatorda, Jamiyatning eng malakali xodimlari, shuningdek Milliy TOQKGni tayyorlash bo’yicha maxsus o’qitish kursini tamomlagan faol ko’ngillilardan tashkil topgan O’zbekiston
O’zQYaOJning tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy guruhi (MTOQKG) tuzildi. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishda olingan barcha bilim va amaliy ko’nikmalar har yili o’tkaziladigan dala mashg’ulotlari doirasida MTOQKG a’zolari tomonidan takomillashtiriladi. MTOQKG – O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi kuchlari va vositalari tarkibiga kiruvchi O’zbekiston QYaOJning ixtiyoriy tuzilishi.

Hozirgi vaqtda guruhlar QYaOJ logotipi tushirilgan zamonaviy forma, Motorola portativ radiolalari, jilet, dubulg’a, birinchi tibbiy yordam to’plamlari, zambil, chiroq, ryukzaklar bilan jihozlangan. O’z navbatida, MTOQKGning ma’lum bir qismi oddiy qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish uchun zarur bo’lgan asboblar va toqqa chiqish uskunalari bilan jihozlangan. Milliy TOQKGning barcha a’zolari suv tozalash moslamalaridan foydalanishga o’rgatilgan va favqulodda vaziyatlarda suv ta’minoti bo’yicha mutaxassislardir. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash guruhlari O’zbekiston QYaOJning faxridir va zarur bo’lganda yordam berishga doimo tayyor.

O’zbekiston QYaOJ Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy guruhini tayyorlash bo’yicha ishlarni quyidagi havola orqali ko’rish mumkin: https://youtu.be/QzzWadEgNOM