22 Sen 2020

COVID-19 ga qarshi kurash

O’zbekiston QYaOJ bilan Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Federatsiyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida 20-23 sentyabr kunlari jamiyat xodimlari va ko’ngillilari uchun COVID-19 to’g’risida bilimlarini oshirish, sanitariya va gigiena to’g’risida, stressli vaziyatlarda psixologik yordam ko’rsatish, shuningdek aholisi orasida sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni kuchaytirish borasida seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda masofaviy rejimda Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Federatsiyasi Evropa mintaqaviy vakolatxonasining sog’liqni saqlash va ijtimoiy ko’magi bo’yicha koordinatori D.Muxamadadiev, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Federatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasining sog’liqni saqlash va ijtimoiy ko’magi bo’yicha vakili O.Amgaa, shuningdek Daniya Qizil Xoch psixosotsial qo’llab-quvvatlash va himoya qilish masalalari bo’yicha vakili O.Rusakovalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi doirasida Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Federatsiyasi ajratgan mablag’larga O’zbekiston QYaOJ tomonidan 700 ta tibbiy to’shak va choyshablar xarid qilindi, hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, ular Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi 14ta yuqumli kasalxonalarga etkazib berildi.