20 Mar 2020

Yuqumli kasalliklar, xususan COVID-19 koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olish bo’yicha O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyatining faoliyati

O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining Nizomi maqsadlariga muvofiq vakolatli davlat organlari bilan birgalikda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish va uning oqibatlarini yumshatish bo’yicha aholi o’rtasida faol ishlar olib borilmoqda, xususan:

– odamlar ko’p bo’lgan joylarda – bozorlarda, jamoat transportida, avtoturargohlarda, korxonalar va mahallalarda (mahalliy jamoalarda) QYaOJ xodimlari va ko’ngillilari sanitariya-ma’rifiy ishlarini va shaxsiy gigiena bo’yicha suhbatllar olib boradilar, tibbiy niqoblar va axborot materiallarini tarqatadilar (Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Federatsiyasi, Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligidan olingan);

– Aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, xususan, yolg’izlar, keksalar, nogironlar va boshqalarga g’amxo’rlik kuchaytirilmoqda.