//= get_template_directory_uri(); ?> //= get_template_directory_uri(); ?>
Ko’p yillar davomida Italiya Qizil Xoch tashkiloti rahnamoligida Solferino shahrida Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy g’oyasini ulug’laydigan mash’alalar yurishi o’tkazilib kelinmoqda. Fiaccolata (italyancha “mash’alalar yurishi”) 1859 yilda bo’lib o’tgan jangni xotirlaydi, bu jang esa Anri Dyunantni XQXQni tashkil etishiga sabab bo’lgan jangdir. Harakat ko‘ngillilari va faollari yaradorlar hamda halok bo‘lganlarni tez yordam aravachalari bilan bir necha kun davomida ketma-ket qayta-qayta o‘tgan yo’llarini ramziy takrorlaydilar.
Mash’alalar yurishi – bu Harakatimizning maksimal birdamlik vaqti. Butun dunyodagi Milliy Jamiyatlarning ko’ngillilari Solferino va Kastiloneda uchrashadilar va oqshom chog’ida ikki hududni ajratib turadigan masofani qonli Solferino jangi xotirasi uchun yo’lni mash’alalar bilan yoritib bosib o’tadilar.
2024-yilda O‘zbekiston vakili Abdurahmonov Rauf ham qatnashdi. Uning hikoyasi va olgan taassurotlaridan bilamizki, bu yil ushbu tadbir Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashga bag‘ishlangan bo‘lib, mavzular global miqyosdagi muammolar, jumladan, yaqin orada o’zgartirish kiritilishi va tasdiqlanishi kutilayotgan Tbilisi hujjati kabi mavzularni o‘z ichiga olgan.
Rauf, “Biz birga yonma-yon yurib, har yili yanada ko’proq ko’ngillilar tomonidan takrorlanadigan 12 km yo’lni bosib o’tdik. Bu an’anaga 160 yildan oshgan. Qizil xoch va qizil yarim oy og’ir urushda xuddi shunday yo’lni bosib o’tgan asoschilarni shunday ulug’laydi» deb ta’kidlab o’tdi.
Xulosa qilib aytganda, Rauf “Hammasi juda yaxshi, qiziqarli va samarali bo‘ldi, men va hamkasblarim ushbu tadbir davomida qo‘limizdan kelgan barcha narsaga erishdik” deb alohida erishilgan yutuqlarga baho berib o’tdi.
Shunigdek, hozirgi kunda Rauf Abdurahmonov Solferinoda almashgan tajribalari natijasida jamiyatimizning volonterlari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun o’z faoliyatini boshlab yubordi, Xususan, u tomonidan volonterlarni jamiyatimiz faoliyatiga kengroq jalb etish uchun “Telegram” messenjerida “”Volontyor” telegram boti ochildi va hozirgi kunda volonter bo’lishni istaganlar ushbu bot orqali bemalol murojaat qilishlari mumkin. Undan tashqari hozirgi kunda volonterlarning elektron bazasini yaratish va ularni zamonaviy talablarga mos qilib tayyorlash bo’yicha ham ishlar olib borilmoqda.