//= get_template_directory_uri(); ?> //= get_template_directory_uri(); ?>
O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati faoliyati, Nizomga muvofiq, davlatga va uning organlariga eng muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishda yordam berishga, yordamga muhtoj fuqarolarga nisbatan muruvvatlilik, insonparvarlik missiyasini amalga oshirishga, shuningdek aholining eng zaif qatlamiga tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatishga qaratilgan.
Nizomga ko’ra, O’zbekiston QYaOJning oliy organi Qurultoy hisoblanib, oxirgisi 2015 yil 30 oktyabrda bo’lib o’tgan.
Rais etib Hamid Yoqubovich Karimov saylandi.
Ijrochi direktor etib Elvira Axmedovna Amiraliyeva tasdiqlandi
O’zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati va uning davlatimiz ijtimoiy hayotidagi o’rni
Jamiyat o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlatimiz qonunchiligiga, Xalqaro QX va QYaO Harakatining asosiy tamoyillariga, Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasining Nizomiga, Oʻzbekiston QYaOJ Nizomiga amal qiladi.
Ichki resurslardan, shuningdek Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi, Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi va boshqa donor mamlakatlarning Milliy Jamiyatlari ko’magidan foydalangan holda, Jamiyat favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va insonparvarlik yordam ko’rsatish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, kasalliklarning oldini olish va birinchi yordam berish, uyda va tibbiy-ijtimoiy markazlarda tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish ko’nikmalariga o’rgatish, ajratilgan oilalarning ehtiyojlarini qondirish, xalqaro insonparvarlik huquqni axborotlashtirish va tarqatish, yoshlar harakatini rivojlantirish va ko’ngillilarni jalb qilish, tashkiliy rivojlanishi bo’yicha dasturlarini tadbiq etadi.
O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati o’z faoliyati strategiyasini sifat jihatidan o’zgartirishga intilib, salohiyatini oshirish va tashkiliy rivojlanishga e’tibor qaratadi.
O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining 2011-2015 yillarga mo’ljallangan strategik rejasi amalga oshirilayotgan rejalarning mantiqiy davomi bo’lib, jamiyatining salohiyati va tashkiliy rivojlanishini yanada mustahkamlashga, aholining zaifligini kamaytirishda yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan.
2020 yilga borib, ko’proq ish qilish, yaxshiroq qilish va katta imkoniyatlarga ega bo’lish
O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining maqsadi – o’zining faoliyatini qo’llab-quvvatlaydigan, kuchli va yaxshi ishlaydigan Jamiyatga aylanish. Jamiyat ko’proq ishlashga, yaxshiroq ishlashga va katta imkoniyatlarga ega bo’lishga intiladi.
XX Qurultoy O’zbekiston QYaOJ Nizomini yangi tahrirda qabul qildi, ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro me’yorlar, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi Nizomi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
O’zbekiston QYaOJ Nizomi 2010 yil 30 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan.
Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi Nizom komissiyasining 5 balli tizimi bahosiga ko’ra, O’zbekiston QYaOJning amaldagi Nizomi Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi talablariga javob beradi.
Jamiyat tashkilotlari yangi tahrirdagi Nizom ustida ish olib borishmoqda. Jamiyatning boshqaruv va ijroiya bo’linmalarining yangi tuzilmasi shakllantirildi. Prezidium va hududiy tashkilotlarning ishi aholining zaif qatlamlariga nisbatan yanada aniqroq bo’ldi. Amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlarga, insonparvarlik yordami ko’rsatish bilan bir qatorda, Jamiyat rivojlanishi elementlari ham kiritildi.
Moliyaviy tushumlar a’zolik badallari, fuqarolar va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlaridan iborat.
O’zbekiston QYaOJ tashkilotlarining kadrlar salohiyatini kuchaytirilishi
Jamiyatning XX Qurultoyining kadrlar salohiyatini mustahkamlash talablariga muvofiq O’zbekiston QYaOJ Prezidiumining qarori bilan 2011 yilda Jamiyat boshqaruv a’zolari va xodimlarining attestatsiyasi o’tkazildi. Attestatsiya jarayonida Jamiyatning 15ta viloyatlar hududiy tashkilotidagi 215 ta etakchi va mas’ul xodimlar attestatsiyadan o’tkazdi. 101 xodim bilan suhbat o’tkazilib, ularga tavsiyalar berildi.
Kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish maqsadida «O’zbekiston QYaOJ 2011-2015 yillar uchun inson resurslarini boshqarishning strategik rejasi» tasdiqlandi.
O’zbekiston QYaOJ rahbariyati tashabbusi bilan Toshkentda 2ta respublika va 5ta viloyat seminarlari (Nukus, Qarshi, Samarqand, Farg’ona, Toshkentda) o’tkazildi. Shuningdek, O’zbekiston QYaOJ ijro apparati xodimlari uchun seminarlar va Jamiyatning hududiy tashkilotlari buxgalterlari uchun moliyaviy ishlarni yaxshilash bo’yicha treninglar o’tkazildi. Hammasi bo’lib, seminar va treninglarda turli darajadagi 400 dan ortiq xodimlar qatnashdilar.
Gumanitar diplomatiya, Jamiyat va davlat tashkilotlari hamda respublika hamkor tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikning faollashtirilishi
2011-2015 yillarda ish samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston QYaOJ va Sog’liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, OTM vazirligi, Mahalla jamg’armasi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, «Nuroniy» jamg’armasi, O’zbekiston ekologik harakati, «Kamolot» yoshlar harakati o’rtasida qo’shma faoliyat to’g’risidagi shartnomalar imzolandi.
Gumanitar diplomatiya doirasida 2011-2012 yillar mobaynida O’zbekiston QYaOJ raisi X.Ya.Karimov O’zbekistonning barcha viloyatlari hokimlari, Sog’liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, OTM vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi rahbarlari va boshqalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvlarda mahalliy hokimiyat organlari, xususan, hokimliklar bilan o’zaro harakatlar, QYaOJning joylardagi faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Aloqa ishlarining rivojlanishi, nodavlat tashkilotlar nufuzining oshishi, O’zbekiston QYaOJ tashkilotlarining axborot faoliyati
Jamiyat faoliyati to’g’risida respublika jamoatchiligini va aholini xabardor qilish maqsadida bosma OAV va axborot agentliklari bilan markaziy apparat, hududiy idoralar va hamkor tashkilotlar faoliyatini yoritish bo’yicha Media reja ishlab chiqildi. Bunday rejalar viloyat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan.
Media rejaga muvofiq, viloyat tashkilotlarining barcha rahbarlari va xodimlari QYaOJ faoliyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib boradilar.
O’zbekiston QYaOJ «Yoshlar», «Toshkent», «NTT» kabi OAV, «O’zbekiston», «Poytaxt», «Mash’al» markaziy televideniyesi va viloyat teleradiokanallari, «Xalq so’zi», «Narodnoe slovo», O’zbekiston ovozi «,»Sharq haqiqati»,»Temiryo’lchi»,
«Tasvir»,»Mohiyat»,»Ko’zgu»,»Turkiston»,»Toshkent Oqshomi»,»Kechki Toshkent»,»Uy shifokori»,»Avtohamrox»,»Ledy» kabi gazeta va jurnallar hamda viloyat gazetalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Faqatgina oxirgi davr ichida QYaOJ tomonidan Respublika darajasida 3ta tanlov o’tkazildi: O’zbekiston QYaOJ faoliyatini televidenie, radio, gazeta va jurnallarda eng yaxshi yoritilishi bo’yicha, eng yaxshi yoshlar markazi uchun va tibbiyot xodimiga hamda insonparvarlik ramzi bo’lgan qizil xoch va qizil yarim oyga hurmat bildirishga bag’ishlangan fotokonkurs.
QYaOJning viloyat, tuman-shahar, birlamchi tashkilotlari o’z harakatlarini jamiyatning asosiy vazifasi deb hisoblangan davlat tuzilmalariga oilalarning eng zaif qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatishda, aholini turli favqulodda vaziyatlarga tayyorlashda va ular yuzaga kelganda yordam berishda va Nizom faoliyatining boshqa yo’nalishlarida muvaffaqiyatli amalga oshirishga harakat qiladilar.