//= get_template_directory_uri(); ?> //= get_template_directory_uri(); ?>
«Bemorlarda g’amxo’rlik qilish – bu rassomchilik va haykaltaroshlik kabi san’at.
G’amxo’rlik san’ati san’atning eng yuqori cho’qqisidir.
Shuning uchun unga eng katta tahdid qiluvchi xavf – bu oddiy hunar deb hisoblanishi… «
“Mehr-shafqat” mehribonlik xizmatida 168 hamshira mavjud. QYaOJ patronaj hamshiralari har yili yolg’iz yashaydigan nogironlar va nafaqaxo’rlarga 340 mingdan ortiq turli xil xizmatlarni ko’rsatadilar. QYaOJ har yili 20 mingdan ortiq muhtojlarga 300 million so’mga yaqin miqdorda moddiy yordam ko’rsatadi.
Медико-социальная деятельность региональных отделений ОКПУ осуществляется по следующим направлениям:
– aholining zaif qatlamlariga bepul manzilli tibbiy-ijtimoiy va psixologik yordam ko’rsatish hamda yolg’iz keksalar, nogironlar, har xil kasalliklarga chalinganlarni uyda, tibbiy-ijtimoiy yordam xonalarida (markazlarida) parvarish qilish.
– sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash davlat ijtimoiy dasturini amalga oshirishda ishtirok etish.
– «Uyda parvarish qilish asoslari», «Birinchi yordam», «Salomatlik ta’limi bo’yicha ishlarni tashkil etish»; «Sog’lom turmush tarzi va kasalliklarning oldini olish» dasturlari bo’yicha aholiga ta’lim xizmatlarini ko’rsatish.
“Mehr-shafqat” xizmati faoliyatiga ta’lim, maslahat berish va boshqa xizmatlarni ko’rsatuvchi ko’ngillilar jalb qilinadilar. Keksalar va yoshlar o’rtasida madaniy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga yordam beradi.