O’zbekiston QYaOJ ofatlar xavfini kamaytirish strategiyasi

O’zbekiston QYaOJning 2020-2025 yillarga mo’ljallangan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish strategiyasi (OXK strategiyasi) Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Federatsiyasining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish strategiyasi (bundan keyin XQX va QyaOJF), XQX va QYaOJF 2030 strategiyasi, O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining 2020-2025 yillarga mo’ljallangan strategik rivojlanish rejasi, O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 20-avgustdagi 824-1-sonli «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan himoya qilish to’g’risida»gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26-avgustdagi 515-sonli «O’zbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlarni oldini olish va chora-tadbirlar davlat tizimini takomillashtirish to’g’risida» gi qarori (O’RFVDT), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21-avgustdagi 650-sonli «Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga aholining tayyorgarligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori, O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 02-dekabrdagi 585-sonli «Ko’ngillilar faoliyati to’g’risida» gi qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.

Bu strategiya O’zbekiston Respublikasi QYaOJning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi aholisining turli ofatlardan zarar ko’rgan zaif qatlamlariga yordam ko’rsatish kontekstida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni bartaraf etish hamda O’zbekiston QYaOJning bu yo’nalishdagi salohiyatini mustahkamlashdagi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning ta’sirini kamaytirish va bartaraf qilish, favqulodda vaziyatlarning respublika va mahalliy darajadagi oqibatlariga qarshi kurashish bo’yicha o’z faoliyatini olib borayotgan O’zbekiston QYaOJ davlatga yordamchi vazifasini bajaradi.

O’zbekiston QYaOJ, O’zRFVDTning funksional quyi tizimi sifatida, har xil ko’lamli va mohiyatli vazifalarni hal qilib, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning aholiga ta’sirini oldini olish va yumshatishga erishishga intiladi.

Bu yo’nalishdagi faoliyat yaxshi tayyorlangan Milliy jamiyatning asosiy mezonlaridan biri bo’lib, quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:

  • tabiiy ofatlar xavfi yuqori bo’lgan hududlarda aholining zaifligini kamaytirish;
  • yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan ofatlar xavfini kamaytirish va yumshatish;
  • favqulodda vaziyatlarda aholining ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish bo’yicha salohiyatini oshirish;
  • favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni oqibatlariga bartaraf etish sohasida QYaOJning salohiyatini kuchaytirish;

Bu strategiya harakatlarni samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash, aholini yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va jabrlanganlarga yordam ko’rsatish uchun kuch va vositalardan oqilona foydalanish bo’yicha qo’llanma hisoblanadi.

Ushbu hujjatda ko’zda tutilgan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi strategik vazifalar kontekstida, zarur holatlarda, O’zbekiston QYaOJning FVga tayyorgarlik bo’limi yoki O’zbekiston QYaOJning Respublika o’quv-uslubiy markazi (bundan buyon matnda QYaOJning O’zRO’UM) direktori taklifiga binoan O’zbekiston QYaOJning rahbariyati tomonidan tasdiqlangan alohida protokollar bilan qo’shimchalar yoki o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.

 

 

Jamiyatning OQKC sohasidagi siyosati quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

  • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, aholini tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalar va falokatlardan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining birligi;
  • tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar sodir bo’lgan taqdirda aholining hayoti va sog’lig’ini saqlash ustuvorligi;
  • XQX va QYaOF, XQXQ, XQX va QYaOF Hamkor Milliy Jamiyatlari ko’magida butun davlatimiz hududida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini va javob choralarini amalga oshirish va muvofiqlashtirishda boshqa jamoat tashkilotlari qatorida QYaOJning mustaqil, insonparvarlik va xolis tabiati va uning etakchi rolini e’tirof etish;
  • O’zbekiston QYaOJ xalqaro darajada qo’llab-quvvatlash zarur bo’lganda vositachi bo’lib xizmat qilishi mumkin (O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan 2019-yildan 2024-yilgacha hamkorlik to’g’risidagi shartnoma asosida);
  • tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni QYaOJ faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri ekanligini tan olish va uni kichik va yirik ofatlar ta’sirini kamaytirishning eng samarali usuli deb hisoblash;
  • tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni ofatlarga qarshi kurash, birinchi yordam va rivojlanish dasturlari o’rtasidagi samarali bog’lovchi ekanligini e’tirof etib, nafaqat ofatlar xavfini kamaytirish dasturlarini, balki QYaOJ ishining boshqa asosiy yo’nalishlarini rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish;
  • tabiiy ofatlarga samarali tayyorgarlik ko’rish uchun zarur bo’lgan milliy va mahalliy darajadagi tashkiliy tuzilmalarni mustahkamlash. Xususan, mintaqaviy va tuman QYaOJ tashkilotlarini kuchaytirish, eng xavfli hududlarda QYaOJ ko’ngillilarini safarbar etish va o’qitishga ustuvor ahamiyat beriladi;
  • mahalliy va respublika darajasidagi QYaOJ, hukumat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi o’rtasidagi yaqin hamkorlik va sherikchilikni mustahkamlash orqali muvofiqlashtirishni yaxshilash;
  • QYaOJ xodimlari va ko’ngillilarini, aholini ofatlarga qarshi kurashishda boshqarishga va ofatlar xavfini kamaytirish sohasida o’qitish va xabardor qilish;
  • favqulodda vaziyatlarda samarali harakat qilish uchun moddiy-texnik bazani yaratish;
  • QYaOJ mahalliy darajada aholining tabiiy ofatlarga tayyorgarligini ta’minlashning samarali mexanizmi ekanligini e’tirof etish;
  • millati, irqi, dini, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, ofatlar qurbonlariga insonparvarlik yordamini ko’rsatish.

 

 

Favqulodda vaziyatlarda O’zbekiston QYaOJning tezkor javob berish tizimini yaratish:

  • Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va aholini tayyorgarligini ta’minlash bilan shug’ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish;
  • Favqulodda vaziyatlarda zarur uskunalar va inventarlar zaxirasini ko’paytirish bo’yicha ishlarni davom ettirish. Favqulodda holatlarda O’zbekiston QYaOJning moddiy-texnik resurslari zaxirasini doimiy ravishda to’ldirish va ko’paytirish;
  • O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar davlat kuchlari va vositalari tarkibiga kiruvchi, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish bo’yicha mintaqaviy, milliy va ixtisoslashtirilgan guruhlari faoliyatini takomillashtirishni o’z ichiga olgan, O’zbekiston QYaOJning ixtiyoriy qutqaruv tuzilmalarini rivojlantirish;
  • Xodimlar va ko’ngillilarning favqulodda vaziyatlardagi harakatlarga tayyorgarlik korish dasturini yaratish;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa bo’limlarning qutqaruv xizmatlari bilan o’zaro aloqalar tizimini rivojlantirish;
  • Ommaviy axborot vositalari va bosma nashriyotlar imkoniyatlaridan keng foydalangan holda har xil turdagi favqulodda vaziyatlarda aholining o’zini tutish qoidalari va birinchi o’ziga va o’zaro yordam ko’rsatish ko’nikmalari to’g’risidagi bilimlari va xabardorligini oshirish;
  • Mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda jamoat sardorlari orasidan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish mahalliy qo’mitalarini tuzish;
  • Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rishni o’rgatish bo’yicha ko’ngilli o’qituvchilarning eng ilg’or tajribasini ishlab chiqish va tarqatish;
  • Favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish dasturlarida ishtirok etadigan ofatlarga moyil aholi yashash punktlarida kichik va katta migitatsiya loyihalarini tashkil etish.

 

 

Favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish sohasida QYaOJning RO’UM bazasida o’quv-uslubiy faoliyatning zamonaviy yo’nalishlarini rivojlantirish va joriy etish, shu jumladan:

  • favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari;
  • favqulodda vaziyatlarda suv sanitariyasi va gigienasi;
  • topografiya asoslari;
  • favqulodda vaziyatlarda oilaviy rishtalarning tiklanishi;
  • favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko’rsatilishi;
  • terrorchilik harakati natijasidagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish;
  • tabiiy ofatlarning sabablari va oqibatlarini tadqiqot qilish doirasida favqulodda vaziyatlarni bashorat qilish va oldini olish;
  • favqulodda vaziyatlarda operativ ta’minot va logistika;
  • favqulodda vaziyatlarda moliyalashtirilishi va moddiy hisobot berilishi;
  • favqulodda vaziyatlarda ko’ngillilar faoliyati tashkil etilishi.
  • QYaOJning RO’UM faoliyati kadrlarni, ko’ngillilarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqishga, favqulodda vaziyatlarda boshqaruvni amalga oshirish masalalariga va O’zbekiston QYaOJ faoliyatining boshqa sohalariga ko’proq e’tibor qaratiladi.Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish holatlariga moljallangan normativ hujjatlar to’plamini ishlab chiqish va ilgari qabul qilingan hujjatlarni (yo’riqnomalar, qoidalar, tavsiyalar, zahira rejalarini) takomillashtirish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo’yicha Milliy Jamiyat faoliyatini takomillashtirish borasida ishlar davom ettiriladi.O’zbekiston QYaOJning Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish bo’limi eng ilg’or tajribalarni o’rganish, yangi yo’nalish va standartlarni ishlab chiqish, o’z vaqtida monitoring o’tkazish va hisobot berish, ishlarni tizimli rejalashtirish orqali tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishda davom ettiradi.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo’yicha hamkorlik:

  • O’zbekiston QYaOJ, Yevropa Ittifoqi, YUNICEF, XQX va QYaOF, XQXQ, Germaniya Qizil Xoch, Xitoy Qizil Xoch, Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston Qizil Yarim oy Milliy Jamiyatlari va boshqa sheriklar bilan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi va o’zaro manfaatli masalalar bo’yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatida;
  • O’zbekiston QYaOJning mahalliy darajada sheriklik aloqalarini rivojlantirishning keyingi istiqbollari mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek mahalliy hamjamiyatlar (mahallalardagi fuqarolar yig’inlari) va Jamiyat ko’ngillilari orqali amalga oshiriladi.
  • O’zbekiston QYaOJ har tomonlama boshlang’ich tashkilotlar salohiyatini kuchaytiradi, chunki ular insonparvarlik faoliyatini rivojlantirishda ham, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasida ham Milliy jamiyatning ajralmas qismi hisoblanadi;
  • Fuqarolar yig’inlarida jamoalar va boshlang’ich tashkilotlarning yaratilishi va rivojlantirilishi  ixtiyoriylikka asoslangan. Ko’ngillilikning rivojlanishi tabiiy ofatlar oqibatlarini samarali bartaraf etish va ularning paydo bo’lish xavfini kamaytirish asoslaridan biri sifatida mas’uliyatli fuqarolikni rivojlantirishga yordam beradi;
  • Ko’ngillilar o’z vaqtini, bilim va ko’nikmalarini xizmat ko’rsatishga bag’ishlaganini hisobga olganda, O’zbekiston QYaOJ o’z imkoniyatlarini kengaytirishga, ko’ngillilarni o’qitishga va maslahat berishga, ularning ish sharoitlarini yaxshilashga va kundalik faoliyatida ham, favqulodda vaziyatlarda ham rag’batlantirishga intiladi.