//= get_template_directory_uri(); ?> //= get_template_directory_uri(); ?>
O’zbekiston QYaOJ hududiy va markaziy darajalarda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni bartaraf etish bo’yicha faoliyatni yanada samarali rivojlantirish uchun etarli imkoniyatlarga ega. Birinchidan, bu so’nggi yillardagi favqulodda vaziyatlarga tezkorlik bilan javob berish zarurati bilan bog’liq holda eng muhim hisoblanadi, ikkinchidan, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar O’zbekiston QYaOJ bo’linmalariga yuklangan bir qator vazifalarni nafaqat QYaOJ ning qonuniy faoliyatini bajarish nuqtai nazaridan, balki davlat talablarini inobatga olgan holda ham bajarishga imkon beradi.
O’zbekiston QYaOJ O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida 15 ta hududiy QYaOJ tashkilotiga va O’zbekiston temir yo’llari ma’muriyatiga qarashli bitta filialga ega. Shu bilan birga, O’zbekiston QYaOJning hududiy bo’linmalarida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni bartaraf etish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul xodimlar mavjud. O’zbekiston QYaOJda O’zbekiston QYaOJ Ijroiya idorasi darajasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va boshqarish bo’limi mavjud.
O’zbekiston QYaOJ favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun muhim moddiy va resurslar bazasiga ega, shu jumladan, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish holatlarida zahirasi 1000ta oila yoki 5000 ga yaqin odamga mo’ljallangan eng yirik Markaziy ombori mavjud. Shuningdek, QYaOJning har bir hududiy tashkiloti favqulodda vaziyatlar holatlarida zarur bo`ladigan o’z zahira omboriga ega. Shu bilan birga, bir qator tuman tashkilotlarida ham favqulodda vaziyatlar oqibatlarini o’z vaqtida bartaraf etish uchun shunday omborlar tashkil etilgan.
Markaziy omborida quyidagilar saqlanadi: elektr generatorlari, matraslar, ko’rpa-to’shak, oshxona jihozlari, pechkalar, rezina etiklar, choyshablar, chodirlar, zambillar, tibbiy asbob-uskunalar, favqulodda vaziyatlar uchun suv tozalash va suv ta’minoti sistemasi, shuningdek shishiriladigan qayiqlar va favqulodda vaziyatlar uchun zarur bo’lgan boshqa uskunalar.
O’zbekiston QYaOJ hududiy omborlari va Markaziy omborining moddiy bazasini ko’paytirish orqali QYaOJ salohiyatini mustahkamlash Jamiyatning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va favqulodda vaziyatdan keyin tez tiklanish imkoniyatlarini kuchaytirishga yordam beradi. So’nggi yillar amaliyoti shuni ko’rsatadiki, muhim moddiy va resurs bazasiga ega bo’lgan O’zbekiston QYaOJ mahalliy va keng miqyosli favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish imkoniyatiga ega bo’ladi.