FV tayyorgarlik ko’rish va ularni bartaraf etish

O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati faoliyatida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni bartaraf etish bo’yicha ishlar eng muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Bu ishlar O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimliklar, mahalla qo’mitalari) va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish bo’yicha Davlat tizimi doirasida hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari, davlat va nodavlat tuzilmalari bilan ikki tomonlama munosabatlar nuqtai nazaridan manfaatdor bo’lgan sheriklar bilan yaqin hamkorlikda olib boriladi.

Davlat hukumati tomonidan tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va chora-tadbirlar davlat tizimida bizning Jamiyatimiz O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga muvofiq, uning funksional tuzilmasining rolini belgiladi:

  • O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi va Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda aholini favqulodda vaziyatlarda bemorlar va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishiga tayyorgarligi bo’yicha ishlar olib borish.
  • Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining funksional va hududiy quyi tizimlariga sanitariya drujinarini tashkil etishda, ularni jihozlash, tayyorlash va ularga yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorlik holatini kuzatishda yordam berish.
  • Xalq ta’limi va sog’liqni saqlash organlari bilan birgalikda umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sanitariya postlarini tashkil etish va o’qitish.
  • O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari, birinchi navbatda Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari, kursantlar, haydovchilar va avtotransport xodimlari uchun qurbonlarga birinchi tibbiy va boshqa yordam ko’rsatish amaliyotiga shartnoma asosida o’qitishni tashkil etish.
  • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga, o’z-o’ziga yordam berish va o’zaro yordam ko’rsatishga, shuningdek jarohatlanganlarga g’amxo’rlik qilishni o’rgatish bo’yicha maxsus teleradioeshittirishlar tashkil etish.
  • O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati ko’ngillilarining drujinari va boshqa bo’linmalarini tashkil etish, o’qitish va jihozlash.
  • Favqulodda vaziyatlardan zarar ko’rgan aholiga yordam ko’rsatish uchun O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining zarur tovarlari omborlari va zaxiralari tizimini yaratish.

 

O’zbekiston QYaOJning Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va boshqarish bo’limining asosiy faoliyat yo’nalishlari:

  • Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy-texnik bazasini yaratish;
  • Tabiiy ofatlardan zarar ko’rgan aholiga insoparvarlik yordamini ko’rsatish;
  • Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni bartaraf etish bo’yicha o’qitish;
  • Yoshlar o’rtasida favqulodda vaziyatlar bo’yicha sanitariya drujinari va sanitariya postlarini, tashabbus guruhlarini tashkil etish va jihozlash;
  • Jamiyat ko’ngillilari va xodimlari orasidan tabiiy ofatlarga qarshi kurash guruhlarini tayyorlash;
  • Favquloddagi vaziyatlarda suv sanitariyasi va suv ta’minoti;
  • Favquloddagi vaziyatlarda oilaviy rishtalarni tiklash;
  • Favqulodda vaziyatlar sohasidagi xalqaro hamkorlik;
  • Barcha darajadagi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni bartaraf etish rejalarini ishlab chiqish.

 

 

Aholi bilan ishlash

Aholini yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlarga tayyorlash O’zbekiston Respublikasi bo’ylab fuqarolarning mahalliy yig’ilishlarida Favqulodda vaziyatlar mahalliy qo’mitalarini (FVMQ) tuzish orqali amalga oshiriladi. FVMQning tashkil etilishi O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan doimiy hamkorlikda, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 21-avgustdagi 650-sonli «Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga aholining tayyorgarligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi qarorini amalga oshirish bo’yicha hamkorlik doirasida amalga oshiriladi.

MFY boshqaruv xodimlari uchun treninglar o’tkazilib, unda biriktirilgan aholi punktlari zaifligi va salohiyatini baholash, tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda o’zini tutish qoidalari bo’yicha ko’nikmalar beriladi, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, mahallaning harakat rejalari va xavf xaritalarini tuzish ko’nikmalariga o’rgatiladi.

Olingan barcha nazariy va amaliy bilimlar barcha hududiy xizmatlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi o’t o’chiruvchilar xizmati va bevosita O’zbekiston QYaOJ vakillari ishtirokida MFY aholisi bilan simulyatsiya mashqlari davomida mustahkamlanadi. Ushbu mashqlar davomida aholi haqiqiy ofatlarni oldini olish va ularga qarshi kurashishning oddiy usullarini hamda jabrlanganlarga yordam ko’rsatishni o’rganadi. Aholi bilan olib borilgan ishlar, favqulodda vaziyat yuzaga kelishi mumkin bo’lgan taqdirda, qurbonlar sonini, jarohatlar va oqibatlarini kamaytirishga yordam beradi.

 

 

 

Ta’lim muassasalaridagi ishlar

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rishda asosiy faoliyat yo’nalishi – O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari bilan faol ish olib borish:

  • Bu faoliyat quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • universitetlar, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kollejlar professor-o’qituvchilarini o’qitish, o’quvchilar bilan mashg’ulotlarni ishlab chiqishda uslubiy yordam ko’rsatish;
  • ta’lim muassasalarini tabiiy ofatlar paytida o’zini tutish qoidalari bo’yicha axborot materiallari bilan ta’minlash;
  • favqulodda vaziyatlarda o’zini tutish ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha o’quv tadbirlarini o’tkazishda ko’maklashish;
  • favqulodda vaziyatlar bo’yicha sanitariya postlari va tashabbuskor guruhlar tashkil etish, ta’lim muassasalarida O’zbekiston QYaOJ o’quv xonalarini yaratish va jihozlash.