Xalqaro gumanitar huquq to’g’risidagi bilimlarni tarqatish

 

O’zbekiston Qizil Yarim oy Milliy Jamiyati faoliyatining eng muhim yoshlaridan biri – Xalqaro Gumanitar Huquq (XGH) haqidagi bilimlarni keng aholi orasida tarqatishdir

1949 yildagi Jeneva konvensiyalari va unga 1977 yilgi Qo’shimcha Protokollar XGHning asosiy hujjatlari bo’lib, ular insonning ma’naviy-axloqiy tamoyillariga, umuminsoniy qadriyatlarga va, birinchi navbatda, insonparvarlikka asoslangan. 1949 yilda to’rtta Jeneva konvensiyasining imzolanishi muhim tarixiy voqea bo’lib, mazmuni shu kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Bu konvensiyalar faol armiyalardagi yaradorlar va kasallarni, tibbiy xodimlarni va kemada halokatga uchragan yoki asir olingan harbiylarni himoya qiladi. Konvensiyalar, shuningdek urush paytida tinch aholini himoya qilishni qonuniylashtirdi.

O’zbekiston Respublikasi, mustaqil davlat sifatida, 1993 yil 3 sentyabrda 1949 yildagi Jeneva konvensiyalari va 1977 yilgi Qo’shimcha protokollarga qo’shildi.

Qizil Yarim oy jamiyati, O’zbekistonning eng qadimgi xayriya tashkiloti bo’lib, respublika hukumatiga xalqaro gumanitar huquqni amalga oshirishda yordam beradi. Bu ish XGH asoschisi bo’lgan Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi (XQXQ) bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda.

Jamiyat Xalqaro gumanitar huquq (XGH), Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakatining tarixi va faoliyati haqidagi bilimlarni mahalliy hukumat organlari xodimlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, talaba yoshlar, mahalla qo’mitalari aholisi, hamkor tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari o’rtasida tarqatadi.

O’zQYaOJ Namangan viloyat  tashkiloti qoshida Farg’ona vodiysiga XGH bo’yicha mintaqaviy resurs markazi muvaffaqiyatli ishlamoqda. Hududiy markazining faolligi bilan Namangan viloyati hokimligi, mudofaa ishlari bo’yicha boshqarmalar, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va harbiy qismlar bilan hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.

O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi va XQXQning mintaqaviy vakolatxonasi bilan birgalikda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun davlat ta’lim standartiga kiritilgan «Shaxs va jamiyat» darsligini ishlab chiqdi (2005 yildan hozirgi vaqtgacha) («Inson va jamiyat» 1997-2005.).

Jamiyat 2004 yil aprel oyida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Qizil Yarim oy va Qizil Xoch ramzlaridan foydalanish va ularni himoya qilish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonunining loyihasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi va tayyorladi. Mazkur Qonunning vazirliklar, idoralar va joylarda qo’llanilishi Jamiyat tashkilotlarining uslubiy yordami va ko’magi bilan amalga oshiriladi.