Tarixi

1925-yil (14 noyabr) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tashkil etilgan kun. Shu kuni O’zbekiston SSR Xalq Komissarlari Kengashining «Qizil Yarim oy jamiyati»ni tuzish to’g’risida Nizomi qabul qilindi, uning shtab-kvartirasi Samarqandda joylashgan. Bu sana O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati rasman tashkil etilgan kun.

1926-yil (8-15 may) – Samarqandda Qizil Yarim oy jamiyatining 1-konferensiyasi bo’lib o’tdi, unda tashkiliy masalalar va kelgusidagi faoliyat uchun vazifalar muhokama qilindi.

Jamiyat tarkibida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona kabi tuman va viloyat tashkilotlari tuziladi, shuningdek, Buxoro, Urganch va Samarqandda onalar va bolalarni himoya qilish bo’yicha maslahatlar, Toshkentda ishchilar uchun kunduzgi sanatoriy va 20 ta birinchi tibbiy yordam to’garagi tuziladi.

1927-yil (20-24 dekabr) – Samarqandda Qizil Yarim oy jamiyatining Birinchi Butun O’zbekiston qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda jamiyatning boshqaruv organlari saylandi.

Jamiyatning 1100dan ortiq a’zosi mavjud. Aholining tibbiy madaniyatini oshirish dasturi ishga tushirildi. Jamiyatda Bolalar uyi, 2ta poliklinika, maktab dispanseri, ko’z shifoxonasi, stomatologiya poliklinikasi, 2ta ”Sanitariya va gigiena” do’koni, bezgakka qarshi stantsiya mavjud.

1930-yil – Qizil Yarim oy jamiyatining 2 (navbatdan tashqari) qurultoyi bo’lib o’tdi. Faoliyatning ustuvor yo’nalishlaridan biri – Jamiyatning yangi tashkil etilgan tashkilotlarida aholi bilan ommaviy ishlarning samaradorligini oshirishdir.

1931-yil – Qizil Yarim oy Jamiyatining Samarqand tashkilotining birinchi konferensiyasi bo’lib o’tdi, unda Jamiyatning xo’jalik tuzilmalari va korxonalari faoliyatini rivojlantirish va tashkil etishga, shuningdek, uzoq tumanlardagi aholi bilan ommaviy ishlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.

1932-yil – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining III-qurultoyi bo’lib o’tdi. Jamiyatning dasturiy vazifalari orasida aholi bilan ommaviy ishlarni olib borish, xususan, sanitariya mudofaasini kuchaytirish ishlari mavjud.

1934-yil – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tez tibbiy yordam samolyotlarini sotib oldi va Markaziy Osiyoda birinchi tez tibbiy yordam stantsiyasini yaratdi, bu O’zbekistonning uzoq va borish qiyin bo’lgan viloyatlaridagi mahalliy aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishning yangi bosqichi bo’ldi.

1936-yil (2-4 sentyabr) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining IV- qurultoyi bo’lib o’tdi. Bu jamiyatning hududiy tashkilotlari aholisi bilan ommaviy ish olib borish va sanitariya mudofaasini kuchaytirishga yangi turtki berdi.

1936-yil – O’zbekiston QYaOJ tarkibida Qoraqalpog’iston respublika tashkiloti tuzildi.

1938-yil – O’zbekiston QYaOJ tarkibida Samarqand, Toshkent, Farg’ona, Buxoro va Xorazm viloyat tashkilotlari tashkil etildi. Boshlang’ich tashkilotlar soni 1785 taga etdi, ular o’z saflarida 115 mingdan ortiq a’zolarni birlashtirdilar.

1941-yil – O’zbekiston QYaOJ tarkibida Andijon va Surxondaryo viloyat tashkilotlari tuzildi.

1941-45yillar. – Ikkinchi Jahon urushi yillarida O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tashkilotlari tomonidan 7000 hamshira, 16700 sanitariya drujinachilari, 10 mingdan ortiq tibbiyot instruktori va sanitarkalar tayyorlandi. Evakuatsiya shifoxonalarida O’zbekiston QYaOJ 230 hamshirasi, 2000 drujinachi ayollar ishlagan. Jamiyatning 17000dan ortiq o’qitilgan faollari ixtiyoriy ravishda yaradorlar bilan O’zbekiston gospitallarida va saralash stansiyalarida ishlashgan. Urushning boshida 2500 hamshira va drujinachi ayollar o’z ixtiyori bilan frontga jo’nab ketdi va front va armiya bo’linmalarida fidokorona jang qildi, ularning ko’plari hukumat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ikkinchi Jahon urushi jabhalarida yaradorlarni qutqarishdagi fidokorona mehnati uchun O’zbekistonlik uch hamshira – Qoraqalpog’istonlik Salipa Kublanova, Farg’ona vodiysidan Matlyuba Ishanxo’jaeva va Toshkent viloyatidan Rixsi Mo’minova Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasining oliy mukofoti – “Florens Nightingale” medali bilan taqdirlangan.

Florens Nightingale – Qrim urushi paytida yaradorlarga yordam beradigan birinchi mehr-shavqat hamshiralari guruhining tashkilotchisi. Bu g’ayrioddiy ayolning insonparvarlik ishlari uning sharafiga ta’sis etilgan medalda abadiylashtirilgan bo’lib, u eng taniqli hamshiralarga beriladi.

1948-yil (12-14 may) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining V-qurultoyi bo’lib o’tdi, unda Jamiyatning Ikkinchi Jahon urushi va urushdan keyingi yillardagi faoliyati natijalari sarhisob qilindi. Boshlang’ich tashkilotlar soni 9816 taga etdi, ular jamiyatning 642 mingga yaqin a’zosini birlashtirdi va O’zbekistonning eng ommaviy jamoat tashkilotiga aylandi. Qizil Yarim oy jamiyati ishchilari va hamshiralari Ashxoboddagi zilzila paytida jabr ko’rganlarga yordam ko’rsatdilar.

1949-yil – ko’plab mamlakatlar hukumatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan to’rtta Jeneva Konvensiyasi qabul qilindi. Jeneva KonvensiyalariXalqaro gumanitar huquqning asosini tashkil etadi.

1952-yil (15-16 may) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining VI-qurultoyi bo’lib o’tdi, unda jamiyatning xalq xo’jaligini tiklash davridagi faoliyati natijalari e’lon qilindi. Sog’liqni saqlash loyihalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha faoliyatni kuchaytirish masalalariga katta e’tibor qaratildi.

1953-yil – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining VII-(navbatdan tashqari) qurultoyi bo’lib o’tdi.

1956-yil (29-30 may) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining VIII-qurultoyi bo’lib o’tdi. Kun tartibidagi masalalariga qishloq aholisi bilan ishlashni kuchaytirish quyildi. Jamiyatning boshlang’ich tashkilotlari soni 10785 tani tashkil qildi, a’zolari soni esa 1 million kishidan oshdi.

1957-yil. – O’rta Osiyo temir yo’lining tarmoq yo’l tashkiloti O’zbekiston QYaOJ tarkibida tuzildi, u birlashma stansiyalarida tarkibiy bo’linmalari bo’lgan mintaqaviy tashkilot huquqiga ega edi.

1960-yil (30 may) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining IX-qurultoyi bo’lib o’tdi, unda Jamiyatning tibbiy va sanitariya-gigiyena bilimlarini, shuningdek birinchi yordam ko’rsatish ko’nikmalarini, ayniqsa qishloq aholisi o’rtasida targ’ib qilish borasidagi ishlariga yakun yasalndi.

1962-yil – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tibbiy yordam va uyda parvarishlash bo’yicha «Hamshiralar byurosi» tashkil etildi. Byuroning 45 patronaj hamshirasi (patronajlik xizmati) 1962 yilda Jamiyatning qaramog’idagi 7400 kishiga uyda xizmat ko’rsatgan, bemorlarnikiga 66 ming marta tashrif buyurishgan.

1963-yil – O’zbekiston QYaOJ tarkibida Sirdaryo viloyat tashkiloti tuzildi.

1964-yil (16 iyun) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining X-qurultoyi bo’lib o’tdi, unda jamiyatning sanitariya-ma’rifiy ishlar, shuningdek aholini birinchi yordam ko’rsatish ko’nikmalariga o’rgatish va beg’araz xayriya qilishni targ’ib qilish borasidagi faoliyati natijalari sarhisob qilindi.152 ming ixtiyoriy sanitariya inspektori, 46 ming fuqaro uy sharoitida bemorlarga g’amxo’rlik qilish uchun o’qitildi.

1964-yil – O’zbekiston QYaOJ tarkibida Qashqadaryo viloyat tashkiloti tuzildi.

1965-yil – XX Xalqaro Qizil Xoch konferensiyasi bo’lib o’tdi(oktyabr, Vena, Avstriya). Unda Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy harakatining ettita asosiy tamoyillari – zamonaviy talqin qilishda, ma’no va tushunishdagi insonparvarlik, xolislik, betaraflik, mustaqillik, ixtiyoriylik, birlik va ko’pqirralilik qabul qilindi.

1966-1967-yillar –  Jamiyat xodimlari, faollari va ko’ngillilari tomonidan vayronagarchilikli Toshkent zilzilasi oqibatlarini bartaraf etish vaqtida jabrlanganlarga yordam berish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jamiyat tomonidan 3000 dan ortiq drujinachi ayol va ko’ngillilar safarbar qilindi, ular har kuni zarur tibbiy yordam ko’rsatishgan, uyma-uy tashrif buyurishgan, kasallarni aniqlab, hovlilarda va vaqtincha chodir lagerlarida tartibni tiklashga yordam berishgan. Boshqa respublikalar va shaharlarning Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlaridan dori-darmon, kiyim-kechak va pul mablaglari sifatida olingan gumanitar yordamni qabul qilish va tarqatish ham amalga oshirildi.

1967-yil (23-24 mart) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining XI-qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda jamiyatning sanitariya-ma’rifiy ishlar, Jamiyat salohiyatini mustahkamlash shuningdek aholini birinchi yordam ko’rsatish ko’nikmalariga o’rgatish va beg’araz xayriya qilishni targ’ib qilish borasidagi faoliyati natijalari sarhisob qilindi. Jamiyatning boshlang’ich tashkilotlari soni 14 mingdan oshdi, Jamiyat a’zolari soni 3 million 293 ming kishini tashkil etdi.

1967-yil – O’zbekiston QYaOJ tarkibida Namangan viloyati tashkiloti tuzildi.

1971-yil (6-7 aprel) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining XII-qurultoyi bo’lib o’tdi, unda jamiyatning sanitariya-ma’rifiy ishlar va tibbiy bilimlarni targ’ib qilish sohasidagi faoliyati natijalari e’lon qilindi, 1200 dan ortiq broshyuralar, bukletlar va boshqa adabiyotlar nashr etildi va tarqatildi.

1973-yil – O’zbekiston QYaOJ tarkibida Jizzax viloyati tashkiloti tuzildi.

1976-yil (7 – 8 aprel) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining XIII-qurultoyi bo’lib o’tdi. Jamiyatning aholi salomatligini muhofaza qilish sohasidagi faoliyati natijalari sarhisob qilindi, yuqumli kasalliklarni aniqlash, sanitariya -ma’rifiy ishlar va tibbiy bilimlarni targ’ib qilish bo’yicha muhim profilaktik ishlar olib borildi.

1977-yil – 4 Jeneva konvensiyalariga qo’shimcha protokollar (1949) qabul qilindi va bu protokollar Xalqaro gumanitar huquq tizimiga kiritilgan.

1980-yil – Samarqandda Qizil Yarim oy jamiyatining Respublika O’quv-uslubiy kabineti tuzildi, u erda 10 yil davomida (1980-1990) 4 mingdan ortiq O’zbekiston QYaOJ mutaxassislari, faollari va ko’ngillilari o’qitildi.

1981-yil (2-3 aprel) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining XIV-qurultoyi bo’lib o’tdi. Jamiyat faol targ’ibot, sanitariya va sog’lomlashtirish ishlarini davom ettirdi, beg’araz xayriya qilishni targ’ib qilish bo’yicha o’z faoliyatini kuchaytirdi. Boshlang‘ich tashkilotlar tarkibini mustahkamlash va Jamiyat a’zolarining ko‘payishi borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

1982-yil – O’zbekiston QYaOJ tarkibida Navoiy viloyat tashkiloti tuzildi.

1986-yil (6-7 aprel) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining XV-qurultoyi bo’lib o’tdi.

Patronaj xizmati ishi kuchaygan, uning tarkibida Jamiyatning 220 hamshirasi mavjud. Boshlang’ich tashkilotlar tarkibini mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha ishlar davom ettirildi.

1986-yil – “Xalqaro Qizil Xoch” Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy nomiga o’zgartirildi. Xalqaro harakatning tarkibiy qismlari (komponentlari) Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi va dunyoning turli mamlakatlarining Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Milliy Jamiyatlari hisoblanadi.

1988-yil – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Spitakdagi (Armaniston) vayronagarchilikli zilzila qurbonlariga gumanitar yordam ko’rsatishda faol ishtirok etdi.

1989-yil – O’zbekiston QYaOJ patronaj xizmati asosida yolg’iz keksalarga, kam ta’minlangan fuqarolarga, urush va mehnat nogironlariga yordam ko’rsatish uchun «Mehribonlik xizmati» tuzildi.

1991-yil (16 may) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining XVI -qurultoyi bo’lib o’tdi. Jamiyat faol targ’ibot, sog’liqni saqlash va sanitariya-sog’lomlashtirish ishlarini, keng aholi o’rtasida beg’araz xayriya qilishni targ’ibotini davom ettirdi. Jamiyat a’zolari soni 9 millionga yetdi.

1992-yil (28 may) – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov «O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati to’g’risida»gi farmonga imzo chekdi.

1992-yil (30 may) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining XVII (navbatdan tashqari)- qurultoyi bo’lib o’tdi, unda jamiyatning yangi maqomini mustaqil, jamoat tashkiloti sifatida qabul qilish masalasi ko’rib chiqildi va Oʻzbekiston QYaOJ Nizomiga tegishli o’zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov faxriy rais etib saylandi. Qurultoyda mustaqil O’zbekiston taraqqiyoti sharoitida Jamiyat faoliyati dasturi ishlab chiqildi

1992-yil (5 oktyabr) – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati to’g’risida» qaror qabul qildi.

1992-yil – Hukumat qaroriga binoan O’zbekiston QYaOJ jamg’armasiga mablag’ yig’ishning birinchi umumxalq o’nligi o’tkazildi.

1993-yil (29 yanvar) – O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi o’rtasida XQXQ va uning O’zbekiston Respublikasidagi Mintaqaviy Vakolatxonasi maqomi to’g’risida shartnoma imzolandi.       

1993-yil (23 mart) – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasining Markaziy Osiyo respublikalari va Qozog’iston bo’yicha Toshkentdagi Mintaqaviy vakolatxonasi to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. XQXQning Toshkentdagi Mintaqaviy vakolatxonasining ochilishi va ishi boshlanishi, O’zbekiston QYaOJning ushbu tadbirlarida faol ishtirok etishi.

1993-yil – O’zbekiston Respublikasi Parlamenti Jeneva Konvensiyalari (1949) va ularga Qo’shimcha Protokollarni (1978) ratifikatsiya qildi, bu keyinchalik O’zbekiston QYaOJni Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari Federatsiya a’zoligiga qabul qilish uchun zarur shartlardan birini ta’minladi.

1993-yil – O’zbekiston QYaOJ «Mehr-shafqat xizmati» «Mehr-shafqat» Xizmati deb o’zgartirildi va ushbu xizmat hamshiralari ishi Shvetsiya Qizil Xoch tashkiloti tomonidan moliyalashtirilishi dasturi ishga tushdi.

1993-yil – O’zbekiston QYaOJ ko’magida Germaniya Qizil Xoch jamiyati mablag’lari hisobidan Taxtako’pir shahrida (Qoraqalpog’iston Respublikasi) ushbu shaharning 20 minglik aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun suv tozalash inshooti qurilib ishga tushirildi.

1993-yil – O’zbekiston QYaOJ faol ishtirokida respublika tibbiyot muassasalarini dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan maqsadli ta’minlash, shuningdek O’zbekistonga bolalar suti bilan oziq-ovqat etkazib berish bo’yicha Yaponiya Qizil Xoch gumanitar aksiyasi  boshlanishi.

1993-yil (oktyabr) – O’zbekiston QYaOJ delegatsiyasining Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi hamda Vakillar Kengashining IХ-Bosh Assambleyasi (Buyuk Britaniya) ishida ishtiroki.

Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi ko’magida O’zbekiston QYaOJ «Qidiruv xizmati»ni tashkil etish, qarindoshlari va yaqinlari bilan aloqasini yo’qotgan odamlarni qidirish, shuningdek oilaviy rishtalarni tiklash hamda Qizil Xoch murojaatnomalarini an’anaviy aloqa vositalari yordamida yuborish ishlarini amalga oshirish mumkin bo’lmagan hollarda tashkil etilishi.

1995-yil (noyabr) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasining Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi X-Bosh Assambleyasi, Vakillar Kengashi va Xalqaro Qizil Xoch Konferensiyasi ishida ishtiroki (Jeneva, Shveytsariya).

– O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakati, Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi vakillari tomonidan zarur ekspertiza protsedurasidan o’tdi va O’zbekiston Milliy Qizil Yarim oyining yagona Milliy Jamiyati sifatida e’tirof etildi (24 avgust).

– Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasining X-Bosh Assambleyasida Milliy Jamiyat 165-mamlakat tomonidan Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasining to’liq a’zosi sifatida qabul qilindi. Ushbu konferensiyada O’zbekiston QYaOJ nomidan Xalqaro Milliy Jamiyatlar Federatsiyasining yangi a’zolari uchun tegishli sertifikatlar (diplomlar) taqdim etish zarurligi to’g’risida taklif bildirildi.

– Germaniya Federativ Respublikasi va O’zbekiston Respublikasining Hukumatlararo bitimi doirasida O’zbekiston QYaOJ va Germaniya Qizil Xoch jamiyati o’rtasida O’zbekistonning 5ta shahrida yashaydigan nemis diasporasi a’zolarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha Buxoroda (keyinchalik Navoiyda filial ochilishi bilan), shuningdek Guliston, Samarqand, Toshkent, Farg’ona shaharlarida tegishli tibbiy-ijtimoiy markazlarni yaratilishi va jihozlash orqali ikki tomonlama hamkorlik boshlanishi.

– Toshkentda O’zbekiston QYaOJ tibbiy-ijtimoiy yo’nalishdagi Mehr-shafqat kolleji yaratilishi va kollejda har yili o’rta darajali mutaxassislar tayyorlash ishlari boshlanishi.

1996-yil (dekabr) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasining «Taraqqiyot uchun hamkorlik» shiori ostida o’tkazilgan Mustaqil Davlatlar Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari rahbarlarining birinchi konferensiyasi ishida ishtiroki (Olmaota, Qozog’iston) va uning Olma ota deklaratsiyasining ishtirokchilari – 15ta yangi Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy milliy jamiyatlari rahbarlari tomonidan qabul qilinishi.

– Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi (Norvegiya Qizil Xoch – donori) tomonidan Markaziy Osiyo Qizil Yarim Oy Milliy Jamiyatlarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik dasturini moliyalashtirishning boshlanishi. Loyiha doirasida O’zbekiston QYaOJda 6ta favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish hududiy markazlari va 8ta hududiy qutqaruv guruhlari tashkil etildi, 20ta mahallada aholi o’qitildi va xavfli zonalarda 100 mingdan ziyod daraxt ekish kabi keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

1997-yil noyabr – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasining Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi X1-Bosh Assambleyasi va Vakillar Kengashi (Sevilya, Ispaniya) ishida ishtiroki. Unda Sevilya shartnomasi qabul qilinib, shartnomada Xalqaro QX va QYaO Harakatining uchta tarkibiy qismi – Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi, XQXQ va Milliy Jamiyatlarning vazifalari, birgalikdagi harakatlar qoidalari va ularning barchasi uchun mas’uliyati belgilab qo’yildi.

– Xalqaro federatsiyaning XI-Bosh Assambleyasida O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasining boshqaruv organlaridan biri bo’lgan Favqulodda vaziyatlar bo’yicha Nizom komissiyasiga a’zo etib saylandi.

– O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasi V-Evropa konferensiyasi ishida ishtirok etdi (mart, Kopengagen, Daniya), «Harakat va himoya» shiori ostida Kopengagen deklaratsiyasi qabul qilindi, O’zbekiston QYaOJ 7ta Milliy Xoch Jamiyatlari – Shvetsiya, Norvegiya, Frantsiya, Finlyandiya, Islandiya, Ispaniya va Gollandiya bilan hamkorlik to’g’risida ikki tomonlama bitimlar imzoladi.

– XQXQ ko’magida, O’zbekiston QYaOJ tomonidan shu kungacha muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan Xalqaro gumanitar huquqni aholi o’rtasida tarqatishning uzoq muddatli dasturi boshlanishi.

1998-yil (5 iyun) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining XVIII-qurultoyi bo’lib o’tdi, unda O’zbekiston QYaOJ yangi Nizomi qabul qilindi. Qurultoyda Jamiyat boshqaruv organlarining yangi tarkibi – Milliy kengash va Taftish komissiyasi saylandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O`zbekiston QYaOJ  faxriy prezidenti etib saylandi.

– Respublika o’quv-uslubiy markazi binosi qurilishi tugatilishi (keyinchalik O’zbekiston QYaOJ «Insoniylik» RO’UM) va uning ishi tashkil etilishi.

– O’zbekiston QYaOJ “Insoniylik” RO’UMda favqulodda vaziyatlar uchun uslubiy kabinet yaratish bo’yicha Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasining Shoken imperatritsasi jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan tanlov dasturining boshlanishi 1998-1999 yillarda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

– Toshqinlardan zarar ko’rgan Shahimardon (Farg’ona viloyati) tog’ qishlog’idagi aholisiga oziq-ovqat, kiyim -kechak bilan gumanitar yordam berilishi va O’zbekiston QYaOJ tomonidan ochilgan tikuv sexda 60ta ish joyi tashkil qilinishi.

1999-yil (2 fevral) – O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi o’rtasida Xalqaro Federatsiya va uning O’zbekistondagi Delegatsiyasining huquqiy maqomi to’g’risida shartnoma imzolandi.

1999-yil (noyabr) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasining Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi XII Bosh Assambleyasi, Vakillar Kengashi va Qizil Xoch Xalqaro Konferensiyasi ishida ishtiroki (Jeneva, Shveytsariya) . Ushbu forumlarda O’zbekiston QYaOJ 2ta tashabbus bilan chiqdi. Ulardan biri – favqulodda vaziyatlarda ajralib qolgan yoki yo’qolgan odamlarni qidirish bo’yicha yangi bo’lim bilan Xalqaro qidiruv xizmatining ko’lamini kengaytirish, ikkinchisi – Milliy jamiyatlarni rivojlantirish uchun har bir gumanitar dastur byudjetiga mablag kiritish zarurligi. Bu takliflar Xalqaro federatsiya tomonidan qabul qilindi va uning Milliy jamiyatlar bilan ishlashida amalga oshirildi.

1999-2003-yillar – O’zbekiston QYaOJ va Amerika Qizil Xochi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan «Orol dengizi aholisiga gumanitar oziq -ovqat yordami» dasturinining Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi tomonidan moliyalashtirilishi boshlandi.

1999-2001-yillar – Ispaniya Qizil Xoch Jamiyati (donor) tomonidan «Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga o’rgatish bo’yicha O’zbekiston QYaOJ tibbiy-ijtimoiy markazlarini yaratish» yangi dasturinining moliyalashtirilishi boshlandi. Dastur doirasida birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga o’rgatish uchun O’zbekiston QYaOJning 16 jihozlangan tibbiy -ijtimoiy markazlari tashkil etildi.

– Farg‘ona viloyati So‘x tumani aholisiga tog ‘sellari va toshqinlardan zarar ko‘rganlarga oziq-ovqat va kiyim -kechak shaklida gumanitar yordam ko‘rsatildi.

– Mustaqil O’zbekistonda birinchi marotaba O’zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda respublika ko’ngilli sanitariya otryadlari- viloyat va hududiy bosqichlar g’oliblari musobaqalari bo’lib o’tdi (Chirchiq, Toshkent viloyati).

2000-yil (dekabr) – O’zbekiston QYaOJ Milliy Kengashining muhim sanasi – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tashkil topganining 75 yilligiga bag’ishlangan plenumi bo’lib o’tdi.

– «O’zbekiston QYaOJ Mehribonlik kolleji» ni Akademik litsey va kollejlarni rekonstruksiya qilish Davlat dasturiga kiritilishi (2001-2002)

– Kuchli zilziladanzarar ko’rgan Kamashi tumani (Qashqadaryo viloyati) aholisiga oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan gumanitar yordam ko’rsatilishi.

– Vayronagarchilikli zilziladan zarar ko’rgan turk fuqarolariga ko’rpa-to’shak, matras, yotoqlar bilan gumanitar yordam ko’rsatilishi.

– O’zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda Qibray tumanida (Toshkent viloyati) yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda holatlarga tayyorgarlik ko’rish uchun mahallalar darajasida aholining birinchi dala mashg’ulotlari o’tkazilishi va O’zbekiston QYaOJning birinchi mahalla boshlang’ich tashkilotlari yaratilishi.

– O’zbekiston QYaOJ birinchi respublika tematik yoshlar lagerining o’tkazilishi (Nazarbek, Toshkent viloyati), unda O’zbekistonning barcha viloyatlaridan Jamiyatning 50 faol ko’ngillilari ishtirok etdi va o’qitildi.

– Niderlandiya Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi ko’magida Toshkentda (2), Namangan va Gulistonda O’zbekiston QYaOJ birinchi 4ta yoshlar markazining ochilishi.

2001- yil – (iyun, Kiev, Ukraina). O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasining yangi mustaqil davlatlar Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlarining Ikkinchi konferensiyasi ishida ishtirok etishi va uning ishtirokchilari-15 Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Milliy jamiyatlari vakillari tomonidan Kiev Deklaratsiyasining qabul qilinishi.

2001-yil (dekabr) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasining QX va QYaOJ Xalqaro Federatsiyasi XIII Bosh Assambleyasi, Vakillar Kengashi va Qizil Xoch Xalqaro Konferensiyasi ishidagi ishtiroki (Jeneva, Shveytsariya) , unda Xuan Manuel Suares Reveiro del Toro Xalqaro Federatsiya prezidenti etib saylandi.

Xalqaro Federatsiyaning XIII Bosh Assambleyasida O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasining boshqaruvchi organlaridan biri bo’lgan Favqulodda Vaziyatlar bo’yicha Nizom komissiyasiga a’zo etib qayta saylandi.

2002-yil (aprel) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasining VI Evropa konferensiyasidagi ishtiroki (Berlin, Germaniya), Berlin Xartiyasi qabul qilinishi. Xartiya matnida Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Milliy Jamiyatlari, ishtirokchi davlatlar harakatlarining ustuvorliklari va majburiyatlari, shuningdek eng muhim gumanitar muammolar, Milliy Jamiyatlarning sheriklik imkoniyatlari ko’rsatilgan.

– (noyabr, Moskva, Rossiya). O’zbekiston QYaOJ delegatsiyasining MDH davlatlari Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Milliy Jamiyatlari Prezidentlari Uchrashuvida va Rossiya Qizil Xochining 135-yilligi munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbirlarida ishtiroki.

– QX va QYaOJ Xalqaro Federatsiyasi ko’magida O’zbekiston QYaOJ ning yangi «Sog’lom oila» dasturining moliyalashtirilishi boshlandi.

– O’zbekiston QYaOJ Mehribonlik kollejining rejalashtirilgan rekonstruksiya ishlari boshlanishi

2003-yil – 2003-2005 yillar uchun o’tish davrini amalga oshirish va ta’minlash uchun O’zbekiston QYaOJ Milliy Kengashining 2ta plenumini (aprel, iyul) o’tkazildi.

Nizom komissiyasining tuzilishi va uning O’zbekiston QYaOJning yangi tahrirdagi Nizomi loyihasini tayyorlash b’oyicha ishi boshlanishi.

– (sentyabr). O’zbekiston QYaOJ birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha ko’ngillilar jamoalarining birinchi respublika musobaqalari o’tkazilishi.

2003-yil (noyabr) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasining Xalqaro QX va QYaOJ Federatsiyasi XIV Bosh Assambleyasi, Vakillar Kengashi va Qizil Xoch Xalqaro Konferensiyasi ishida ishtiroki (Jeneva, Shveytsariya),

– Kuchli zilziladan zarar ko’rgan Eronning Bam shahri aholisiga gumanitar yordam ko’rsatildi. O’zbekiston QYaOJ tomonidan 20 ta chodir, 200 ta choyshab, oshxona to’plamlari taqdim etildi.

2004- yil – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Qizil Yarim Oy va Qizil Xoch ramzlaridan foydalanish va ularni himoya qilish to’g’risida» Qonunini qabul qildi, Oʻzbekiston QYaOJ tashabbusi va faol ishtiroki bilan uning loyihasi tayyorlandi.

– (iyul). O’zbekiston QYaOJ Milliy Kengashi Plenumini o’tkazildi, unda O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Nizomining yangi tahrirdagi loyihasi ko’rib chiqildi va ma’qullandi, O’zbekiston QYaOJ Qurultoyiga tasdiqlash uchun tavsiya qilindi, shuningdek O’zbekiston QYaOJ Yoshlar tashkiloti to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi.

– (dekabr). Yoshlar Harakatining ta’sis Assambleyasi o’tkazilishi va O’zbekiston QYaOJning birlashgan Yoshlar tashkiloti tuzilishi, 17 kishidan iborat Yoshlar Kengashi saylanishi.

2005-yil (iyun) – O’zbekiston QYaOJ delegatsiyasining MDH va Boltiqbo’yi davlatlari Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari rahbarlarining (Moskva, Rossiya) hamkorlikni rivojlantirish va Qizil Xoch va Qizil Yarim OyningVII -Evropa konferensiyasiga tayyorgarlik ko’rish masalalariga bag’ishlangan uchrashuvida ishtiroki.

2005-yil (29 iyun) – O’zbekiston QYaOJ va Rossiya Qizil Xoch jamiyati o’rtasida 2005-2010 yillar uchun hamkorlik shartnomasi imzolandi.

2005-yil (sentyabr) – O’zbekiston QYaOJ delegatsiyasining OITS va silga qarshi ERNA Evropa konferensiyasi ishida ishtiroki (Kiev, Ukraina).

– O’zbekiston QYaOJ Mehribonlik kollejining rekonstruksiyasi yakunlanishi.

– Indoneziyaning O’zbekistondagi elchixonasi bilan qo’shma gumanitar aksiya o’tkazilishi va halokatli sunamidan zarar ko’rgan ushbu davlat aholisiga Indoneziya Qizil Xoch jamiyati orqali gumanitar yordam ko’rsatilishi.

– Andijon viloyati aholisiga kiyim –kechak va dori-darmonlar bilan gumanitar yordam ko’rsatildi.

– Vayronagarchilikli zilziladan zarar ko’rgan Kashmir viloyati (Pokiston) aholisiga chodir, matras, adyol, ko’rpa -to’shak va kiyim -kechak bilan gumanitar yordam ko’rsatildi.

2005-yil (10-18 noyabr) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasining QX va QYaOJ Xalqaro Federatsiyasi XV Bosh Assambleyasi va Vakillar Kengashi ishida ishtiroki (Seul, Janubiy Koreya).

– O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasining Salomatlikni muhofaza qilish bo’yicha komissiyasiga saylandi.

2005-yil (14 noyabr) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tashkil etilganiga 80 yil to’ldi

2006-yil (31 may) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining XIX qurultoyi bo’lib o’tdi, unda O’zbekiston QYaOJ Markaziy Qo’mitasi va Taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi. Qurultoyda Jamiyatning keyingi davrdagi faoliyati dasturi ishlab chiqildi, O’zbekiston QYaOJ Nizomi yangi tahrirda qabul qilindi.

– Toshkent viloyati Yangiobod qishlog’i va Samarqand viloyati Mironqul qishlog’ida 10ta tabiiy ofatlarga qarshi kurash guruhlari tuzildi, ular o’qitildi va zarur qutqaruv uskunalari bilan ta’minlandi, 5 kunlik dala mashg’ulotlari va TOQKG musobaqalari tashkil etildi. Ko’ngillilar Toshkent, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida ko’chkilar xavfli bo’lgan hududlarga 30 ming daraxt ekdilar.

– «Xayriya va tibbiyot xodimi yili» Davlat dasturini amalga oshirish doirasida «Mehr-Shafqat» xizmatining 275 патронаж hamshirasi 5 mingdan ziyod keksalarga, shu jumladan 2830 nafar yolg’izlarga uyda xizmat ko’rsatdi.

– O’zbekiston QYaOJ xodimlari va ko’ngillilari aholiga birinchi yordam ko’rsatishni, OIV (OITS) va silning oldini olishni o’rgatish ustida ish olib borishdi.

– Yetti kunlik «Semurg-2006» yoshlar mavzuviy lager tayyorlandi va o’tkazildi.

– Xivada Finlyandiya Qizil Xoch tashkiloti ko’magida 20 ta nogiron bola uchun 10 kunlik sog’lomlashtirish lageri o’tkazildi.

2007-yil – Asosiy donor – Germaniya Qizil Xoch jamiyati yordami bilan Toshkent, Guliston, Samarqand, Farg’ona va Buxoroda 5 ta tibbiy-ijtimoiy markazlar faoliyati rivojlandi.

– O’zbekiston QYaOJdelegatsiyasi Istanbuldagi QX va QYaO 7-Evropa konferensiyasi ishida ishtirok etdi, shuningdek Jenevada bo’lib o’tgan 29 va 30 -Xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etdi.

2008-yil – O’zbekiston QYaOJ va uning hududiy tashkilotlari «Yoshlar yili» dasturini amalga oshirishga faol hissa qo’shdilar. Respublikada 31ta yoshlar markazi va 121ta klublari mavjud edi.

– Buxoro shahrida Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyat tashkilotlari yoshlar jamoalari uchun Quvnoqlar va Zukkoklar o’tkazildi.

2009-yil – O’zbekiston QYaOJ delegatsiyasi Nayrobida (Keniya) Xalqaro QX va QyaOJ Federatsiyasining Bosh Assambleyasida ishtirok etdi. Janob Tadateru Konoe Xalqaro federatsiya prezidenti etib saylandi.

2010-yil (31 may) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining XX qurultoyi bo’lib o’tdi, unda O’zbekiston QYaOJ Markaziy Qo’mitasi va Taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi, O’zbekiston QYaOJning Yangi Nizomi ko’rib chiqildi va qabul qilindi. Qurultoyda Jamiyat boshqaruv organlarining yangi tarkibi – Milliy kengash va Taftish komissiyasi saylandi. Shuningdek, 25 kishidan iborat O’zbekiston QYaOJ Prezidiumi saylandi. Qurultoy Ustavning yangi tahririni qabul qildi, jamiyatning keyingi davrdagi faoliyati dasturini ishlab chiqdi.

– Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasining ko’magida «Favqulodda vaziyatlarni boshqarish» loyihasi ish boshladi. Dasturning maqsadi – yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda holatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularga javob berish, birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga o’rgatish.

2011-yil (noyabr) – O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati delegatsiyasining XXXI Qizil Xoch Xalqaro Konferentsiyasi ishida (Jeneva, Shveytsariya) ishtiroki, unda Federatsiyaning tegishli me’yoriy hujjatlari va Xalqaro Konferentsiya qarorlari qabul qilindi.

– Farg’ona viloyatida zilzila qurbonlariga chodir, oziq -ovqat, kiyim -kechak, ko’rpa -to’shak va dori-darmonlar bilan gumanitar yordam ko’rsatilishi.

2012-yil (24-26 sentyabr, Minsk, Belarus) – Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Milliy Jamiyatlari rahbarlarining mintaqaviy uchrashuvi bo’lib o’tdi. Xalqaro forum ishida O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati rahbarlari ishtirok etishdi. Yig’ilish ishtirokchilari rezolyutsiya qabul qilishdi. Hujjatni tayyorlashda Milliy jamiyatlar  bilan bir qatorda O’zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi. Qabul qilingan qarorlar orasida – kuchli milliy jamiyatlarni barpo etish yo’nalishini saqlab qolish, milliy parlamentlarning milliy jamiyatlar faoliyatiga oid hujjatlarni qabul qilish, mintaqadagi 12ta milliy jamiyatlar o’rtasida tajriba almashishni davom ettirish, Milliy jamiyatlarning rivojlanishi uchun gumanitar diplomatiyani muhim vosita sifatida rivojlantirish.

2012-yil (sentyabr) – O’zbekiston QYaOJ delegatsiyasining MDH davlatlari Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Milliy jamiyatlari rahbarlarining hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha uchrashuvida ishtiroki.

– Aholi o’rtasida donorlikni va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida, «Beg’araz xayriya» loyihasi BMTTD ishtirokida respublikaning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda. Amalga oshirish davrida yuzdan ortiq trening va seminarlar o’tkazildi, unda 10 mingdan ortiq kishi qatnashdi, 1200dan ortiq murabbiylar beg’araz xayriya qilish bo’yicha o’qitildi.

– «DIPECHO-7» global loyihasi ishga tushirildi, u aholining zaif qatlamlarining ta’lim darajasini oshirish va bolalarning xabardorlik darajasini oshirish orqali tabiiy ofatlar xavfini oldini olish bo’yicha O’zbekiston QYaOJ salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan. Loyiha Angren shahri va Toshkent viloyatining Oxangaron tumanidagi bir qator maktab va mahallalarni qamrab oldi.

– «Favqulodda vaziyatlar» loyihasi doirasida Toshkent shahridagi maktablarda aholi va bolalarni yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash bo’yicha uch kunlik seminarlar o’tkazildi, 40 o’qituvchi o’qitildi, mingdan ortiq o’quvchi asosiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldi.

2013-yil (iyul) – Toshkent viloyatidagi Xodjikent pansionatida «O’zbekiston QYaOJning fuqarolik jamiyatining gumanitar va huquqiy asoslarini rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyati» mavzusida mahalliy ommaviy axborot vositalari jurnalistlari uchun to’rt kunlik o’quv seminari bo’lib o’tdi. U O’zbekiston QYaOJ va Xalqaro Qizil Xochning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan birgalikda tashkil etildi.

– Toshkent viloyatida tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy guruhining navbatdagi mashg’uloti bo’lib o’tdi, u O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati MOQKGining yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarga kasbiy tayyorligi darajasini ko’rsatdi.

– Evropa Ittifoqi ko’magida «Mehnat migratsiyasi» loyihasi ish boshladi. Dastur Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg’ona, Toshkent viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida mehnat muhojirlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi. Tajribali hududlarda migrantlarga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko’rsatadigan, sog’liqni saqlashning oldini olish, rus tili va kompyuter savodxonligini o’rgatish, oila rishtalarini qidirish va tiklashga ko’maklashuvchi axborot-maslahat markazlari tashkil etildi.

2013- yil (noyabr) – Avstraliyaning Sidney shahrida «Insoniyat kuchi» va «shiorlari ostida o’tdi. «Gumanitar harakatning 150 yilligi» Avstraliyaning Sidney shahrida «Insonparvarlik kuchi» va «Gumanitar harakatning 150-yilligi» shiori ostida Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi Bosh Assambleyasining 9-sessiyasi va Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakatining Vakillar Kengashi bo’lib o’tdi. Nizom tadbirlarida 182 ta Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari rahbarlari, shu jumladan O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati, Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi rahbarlari ishtirok etishdi. Janob Tadateru Konoe keyingi to’rt yilga ko’pchilik ovoz bilan qayta saylandi.

2014-yil (fevral) – O’zbekiston QYaOJ va Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Shartnoma bir qator loyihalarni ko’zda tutadi. Jumladan, «Kommunikatsiya», «Oilaviy rishtalar tiklanishi», «Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularga javob berish», shu bilan birga aholini birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga o’rgatish.

– (aprel) – Ashxobodda (Turkmaniston) Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi vakillarining mintaqaviy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Gumanitar forumda Federatsiya rahbarlari va MDH davlatlari, Boltiqbo’yi davlatlari va Gruziya Milliy Jamiyatlari vakillari ishtirok etishdi. Xalqaro uchrashuv ishida O’zbekiston Milliy Jamiyati rahbarlari ham faol ishtirok etishdi.

– «Kommunikatsiya» loyihasi XQXQ ko’magida ishga tushirildi. U «Gumanitar qadriyatlarni targ’ib qilish», «Xalqaro gumanitar huquq asoslari» va «OAV bilan ishlash» bo’limlarini o’z ichiga oladi. Loyiha doirasida O’zbekiston QYaOJ Namangan va Samarqand viloyat tashkilotlarida tegishli Hududiy markazlar tashkil etildi.

– «Dipeko-8» loyihasi O’zbekistonning Andijon va Namangan viloyatlarida ishga tushirildi. Belgilangan vazifalar qatorida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va harakatlarining davlat tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida» gi qarorining ijrosi bor. U aholi, yoshlar va bolalarni turli favqulodda vaziyatlarda harakat qilish ko’nikmalariga o’rgatish, birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga o’rgatish, fuqaro muhofazasi bo’yicha amaliy mashg’ulotlar, seminarlar, treninglar, ma’ruzalar va suhbatlarni o’z ichiga oladi.

2014-yil (3-6 iyun) – Florensiyada (Italiya) «Boshqacha harakat qilish vaqti keldi» shiori ostida Qizil Xoch va Qizil Yarim Oyning 9-Evropa konferensiyasi bo’lib o’tdi. Uchrashuv va seksiya yig’ilishlarida O’zbekiston QYaOJ rahbarlari ham faol ishtirok etishdi. Xalqaro forum ishtirokchilari tomonidan Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Milliy Jamiyatlariga harakat qilishga chaqiriq qabul qilindi.

– O’zbekiston QYaOJ va Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi o’rtasidagi harakatlar va hamkorlikni muvofiqlashtirish to’g’risida bitim imzolandi.

 

 

O’zbekiston QYaOJ ning 2013 yildan buyon amalga oshirgan faoliyati haqidagi ma’lumotlarni sahifada topishingiz mumkin

Yangiliklar