{"id":2348,"date":"2022-02-23T00:18:13","date_gmt":"2022-02-22T19:18:13","guid":{"rendered":"https:\/\/redcrescent.uz\/?p=2348"},"modified":"2022-02-24T00:22:57","modified_gmt":"2022-02-23T19:22:57","slug":"temir-yo-ldagi-o-zbekiston-qizil-yarim-oy-jamiyati-faoliyatidan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/news\/temir-yo-ldagi-o-zbekiston-qizil-yarim-oy-jamiyati-faoliyatidan\/","title":{"rendered":"Temir yo\u2018ldagi O\u2018zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati faoliyatidan"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>2022 yil \u2013 Inson qadrini ulug\u2018lash va faol mahalla yilida Prezidentimiz tashabbusi bilan inson qadrini ulug\u2018lash kabi fazilatlarga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ehtiyojmand nogironlarga keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga e\u2019tibor ortmoqda. Xususan, O\u2018zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo\u2018l mintaqaviy tashkilotining Buxoro hududida faoliyat yuritadigan \u201cMehr-shafqat\u201d xizmati hamshiralari tomonidan kam ta\u2019minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yakka-yolg\u2018iz keksalar, nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularning holidan xabar olish, og\u2018irini yengil qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ular tomonidan 58 nafar ehtiyojmandga xizmat ko\u2018rsatib kelinmoqda.<\/p>\n<p>\u2013 Inson doim mehrga muhtoj bo\u2018ladi, uning ruhiyatini bardam qiladigan narsa, avvalo, atrofidagilarning mehri, \u2013 deydi \u201cMehr-shafqat\u201d xizmati hamshirasi Laylo Akramova. \u2013 Bugungi sharoitda ana shunday ruhiy qo\u2018llab-quvvatlashga eng muhtoj insonlar \u2013 yakka-yolg\u2018iz qariyalar, yetimlar, nogironlardir. Xizmatimiz hamshiralari ehtiyojmandlar holidan hafta davomida ikki marotaba xabar olishadi. Biz ularning salomatligini nazorat qilamiz, uy ishlariga qarashamiz. Birga bozorga, do\u2018konga, poliklinikaga chiqamiz, lozim bo\u2018lgan to\u2018lovlarni qilishga yordamlashamiz. Ular bizga, biz ularga ko\u2018nikib ketganmiz. Bilasizmi, biz ularning xuddi farzandlariday bo\u2018lib qolganmiz. Masalan, stansiyada yuk g\u2018aznachisi bo\u2018lib ishlab, nafaqaga chiqqan Lyubov Konsurova 2003 yilda salomatligidagi muammolari sabab ro\u2018yxatga olingan. Yaqinda mikroinsult xastaligidan keyin ahvoli og\u2018irlashdi. Farzandi Rossiya Federasiyasida yashaydi. Joriy yilning may oyida uyiga olib ketmoqchi. To\u2018g\u2018risi, 19 yil davomida ularga juda bog\u2018lanib qolganman. Ketayotganidan biroz xafa bo\u2018ldim.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz iqtisodiyotining qon tomiri deya e\u2019tirof etiladigan temir yo\u2018l tarmog\u2018i yurtimiz rivojlanishida munosib o\u2018ringa ega bo\u2018lish barobarida, muhtojlarga mehr-saxovat yordamini ko\u2018rsatish orqali xalqimizda qadimdan qadrlanib kelinayotgan olijanob fazilatlarimiz, azaliy an\u2019analarimizni namoyon etishda ham o\u2018ziga xos ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>\u2013 16 ta kam ta\u2019minlangan oilaning 62 nafar farzandi, 13 nafar nogiron, 2 nafar chin yetim ham bizning qaramog\u2018imizga olingan, \u2013 deydi Rohat Hasanova. \u2013 \u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusi bilan bayram sanalarida ularga tarqatiladigan kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilganda mehr bilan bildirilgan minnatdorchilik har qanday mukofotdan ortiq. Shunday vaqtlarda ko\u2018nglingda o\u2018zgacha xotirjamlik, bir iliq tuyg\u2018uni tuyasan va sening ham ruhing quvvat oladi.<\/p>\n<p>Xalqimiz azaldan mehr-oqibatli bo\u2018lgan. Bag\u2018rikenglik, insonparvarlik qon-qonimizga singib ketgan tuyg\u2018ulardir. Yiqilganni suyash, muhtojlarga yordam qo\u2018lini cho\u2018zish, yoshi ulug\u2018lar holidan xabar olish umrboqiy odatlarimizdan. Shunday ekan, bizning yurtimizda hech kim mehr va e\u2019tibordan chetda qolmaydi.<\/p>\n<p>www.railway.uz \u0432\u0435\u0431\u0441\u0430\u0439\u0442\u0438\u0434\u0430\u043d<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/d7a8k1t5pa6r2ydz4454diipeu6x80nh.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-2349 size-medium\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/d7a8k1t5pa6r2ydz4454diipeu6x80nh-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/d7a8k1t5pa6r2ydz4454diipeu6x80nh-300x200.jpg 300w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/d7a8k1t5pa6r2ydz4454diipeu6x80nh-768x511.jpg 768w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/d7a8k1t5pa6r2ydz4454diipeu6x80nh.jpg 1021w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/a> <a href=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/e9yqesgko0cl2y0nrng6132oopdhvahs.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-2350 size-medium\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/e9yqesgko0cl2y0nrng6132oopdhvahs-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/e9yqesgko0cl2y0nrng6132oopdhvahs-300x200.jpg 300w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/e9yqesgko0cl2y0nrng6132oopdhvahs-768x511.jpg 768w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/e9yqesgko0cl2y0nrng6132oopdhvahs.jpg 1021w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2022 yil \u2013 Inson qadrini ulug\u2018lash va faol mahalla yilida Prezidentimiz tashabbusi bilan inson qadrini ulug\u2018lash kabi fazilatlarga alohida e\u2019tibor&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":2350,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"class_list":["post-2348","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2348","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2348"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2348\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2353,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2348\/revisions\/2353"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2350"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2348"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2348"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2348"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}