{"id":904,"date":"2021-05-04T10:02:29","date_gmt":"2021-05-04T07:02:29","guid":{"rendered":"https:\/\/redcrescent.uz\/?page_id=904"},"modified":"2021-09-13T20:17:04","modified_gmt":"2021-09-13T15:17:04","slug":"strategy","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/activities\/emergency\/strategy\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston QYaOJ ofatlar xavfini kamaytirish strategiyasi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston QYaOJning 2020-2025 yillarga mo&#8217;ljallangan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish strategiyasi (OXK strategiyasi) Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Federatsiyasining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko&#8217;rish strategiyasi (bundan keyin XQX va QyaOJF), XQX va QYaOJF 2030 strategiyasi, O&#8217;zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining 2020-2025 yillarga mo&#8217;ljallangan strategik rivojlanish rejasi, O&#8217;zbekiston Respublikasining 1999 yil 20-avgustdagi 824-1-sonli &laquo;Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida&raquo;gi qonuni, O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26-avgustdagi 515-sonli &laquo;O&#8217;zbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlarni oldini olish va chora-tadbirlar davlat tizimini takomillashtirish to&#8217;g&#8217;risida&raquo; gi qarori (O&#8217;RFVDT), O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21-avgustdagi 650-sonli &laquo;Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga aholining tayyorgarligini oshirish bo&#8217;yicha qo&#8217;shimcha chora-tadbirlar to&#8217;g&#8217;risida&raquo;gi qarori, O&#8217;zbekiston Respublikasining 2019 yil 02-dekabrdagi 585-sonli &laquo;Ko&#8217;ngillilar faoliyati to&#8217;g&#8217;risida&raquo; gi qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.<\/p>\n<p>Bu strategiya O&#8217;zbekiston Respublikasi QYaOJning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi, shuningdek O&#8217;zbekiston Respublikasi aholisining turli ofatlardan zarar ko&#8217;rgan zaif qatlamlariga yordam ko&#8217;rsatish kontekstida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko&#8217;rish va ularni bartaraf etish hamda O&#8217;zbekiston QYaOJning bu yo&#8217;nalishdagi salohiyatini mustahkamlashdagi faoliyatining asosiy yo&#8217;nalishlarini belgilaydi.<\/p>\n<p>Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning ta&#8217;sirini kamaytirish va bartaraf qilish, favqulodda vaziyatlarning respublika va mahalliy darajadagi oqibatlariga qarshi kurashish bo&#8217;yicha o&#8217;z faoliyatini olib borayotgan O&#8217;zbekiston QYaOJ davlatga yordamchi vazifasini bajaradi.<\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston QYaOJ, O&#8217;zRFVDTning funksional quyi tizimi sifatida, har xil ko&#8217;lamli va mohiyatli vazifalarni hal qilib, yuzaga kelishi mumkin bo&#8217;lgan favqulodda vaziyatlarning aholiga ta&#8217;sirini oldini olish va yumshatishga erishishga intiladi.<\/p>\n<p><strong>Bu yo&#8217;nalishdagi faoliyat yaxshi tayyorlangan Milliy jamiyatning asosiy mezonlaridan biri bo&#8217;lib, quyidagi vazifalarni o&#8217;z ichiga oladi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>tabiiy ofatlar xavfi yuqori bo&#8217;lgan hududlarda aholining zaifligini kamaytirish;<\/li>\n<li>yuzaga kelish ehtimoli bo&#8217;lgan ofatlar xavfini kamaytirish va yumshatish;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarda aholining ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish bo&#8217;yicha salohiyatini oshirish;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko&#8217;rish va ularni oqibatlariga bartaraf etish sohasida QYaOJning salohiyatini kuchaytirish;<\/li>\n<\/ul>\n<p>Bu strategiya harakatlarni samarali muvofiqlashtirishni ta&#8217;minlash, aholini yuzaga kelishi mumkin bo&#8217;lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va jabrlanganlarga yordam ko&#8217;rsatish uchun kuch va vositalardan oqilona foydalanish bo&#8217;yicha qo&#8217;llanma hisoblanadi.<\/p>\n<p>Ushbu hujjatda ko&#8217;zda tutilgan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi strategik vazifalar kontekstida, zarur holatlarda, O&#8217;zbekiston QYaOJning FVga tayyorgarlik bo&#8217;limi yoki O&#8217;zbekiston QYaOJning Respublika o&#8217;quv-uslubiy markazi (bundan buyon matnda QYaOJning O&#8217;zRO&#8217;UM) direktori taklifiga binoan O&#8217;zbekiston QYaOJning rahbariyati tomonidan tasdiqlangan alohida protokollar bilan qo&#8217;shimchalar yoki o&#8217;zgartirishlar kiritilishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-840 size-large\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/2-1024x574.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"574\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Jamiyatning OQKC sohasidagi siyosati quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, aholini tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalar va falokatlardan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining birligi;<\/li>\n<li>tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar sodir bo&#8217;lgan taqdirda aholining hayoti va sog&#8217;lig&#8217;ini saqlash ustuvorligi;<\/li>\n<li>XQX va QYaOF, XQXQ, XQX va QYaOF Hamkor Milliy Jamiyatlari ko&#8217;magida butun davlatimiz hududida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini va javob choralarini amalga oshirish va muvofiqlashtirishda boshqa jamoat tashkilotlari qatorida QYaOJning mustaqil, insonparvarlik va xolis tabiati va uning etakchi rolini e&#8217;tirof etish;<\/li>\n<li>O&#8217;zbekiston QYaOJ xalqaro darajada qo&#8217;llab-quvvatlash zarur bo&#8217;lganda vositachi bo&#8217;lib xizmat qilishi mumkin (O&#8217;zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan 2019-yildan 2024-yilgacha hamkorlik to&#8217;g&#8217;risidagi shartnoma asosida);<\/li>\n<li>tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni QYaOJ faoliyatining asosiy yo&#8217;nalishlaridan biri ekanligini tan olish va uni kichik va yirik ofatlar ta&#8217;sirini kamaytirishning eng samarali usuli deb hisoblash;<\/li>\n<li>tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni ofatlarga qarshi kurash, birinchi yordam va rivojlanish dasturlari o&#8217;rtasidagi samarali bog&#8217;lovchi ekanligini e&#8217;tirof etib, nafaqat ofatlar xavfini kamaytirish dasturlarini, balki QYaOJ ishining boshqa asosiy yo&#8217;nalishlarini rivojlantirish uchun barcha sa&#8217;y-harakatlarni amalga oshirish;<\/li>\n<li>tabiiy ofatlarga samarali tayyorgarlik ko&#8217;rish uchun zarur bo&#8217;lgan milliy va mahalliy darajadagi tashkiliy tuzilmalarni mustahkamlash. Xususan, mintaqaviy va tuman QYaOJ tashkilotlarini kuchaytirish, eng xavfli hududlarda QYaOJ ko&#8217;ngillilarini safarbar etish va o&#8217;qitishga ustuvor ahamiyat beriladi;<\/li>\n<li>mahalliy va respublika darajasidagi QYaOJ, hukumat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi o&#8217;rtasidagi yaqin hamkorlik va sherikchilikni mustahkamlash orqali muvofiqlashtirishni yaxshilash;<\/li>\n<li>QYaOJ xodimlari va ko&#8217;ngillilarini, aholini ofatlarga qarshi kurashishda boshqarishga va ofatlar xavfini kamaytirish sohasida o&#8217;qitish va xabardor qilish;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarda samarali harakat qilish uchun moddiy-texnik bazani yaratish;<\/li>\n<li>QYaOJ mahalliy darajada aholining tabiiy ofatlarga tayyorgarligini ta&#8217;minlashning samarali mexanizmi ekanligini e&#8217;tirof etish;<\/li>\n<li>millati, irqi, dini, ijtimoiy mavqeidan qat&#8217;i nazar, ofatlar qurbonlariga insonparvarlik yordamini ko&#8217;rsatish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-841 size-large\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2019-08-29_17-36-50-1024x678.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"678\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2019-08-29_17-36-50-1024x678.jpg 1024w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2019-08-29_17-36-50-300x199.jpg 300w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2019-08-29_17-36-50-768x508.jpg 768w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2019-08-29_17-36-50.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Favqulodda vaziyatlarda O&#8217;zbekiston QYaOJning tezkor javob berish tizimini yaratish:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va aholini tayyorgarligini ta&#8217;minlash bilan shug&#8217;ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish;<\/li>\n<li>Favqulodda vaziyatlarda zarur uskunalar va inventarlar zaxirasini ko&#8217;paytirish bo&#8217;yicha ishlarni davom ettirish. Favqulodda holatlarda O&#8217;zbekiston QYaOJning moddiy-texnik resurslari zaxirasini doimiy ravishda to&#8217;ldirish va ko&#8217;paytirish;<\/li>\n<li>O&#8217;zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar davlat kuchlari va vositalari tarkibiga kiruvchi, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish bo&#8217;yicha mintaqaviy, milliy va ixtisoslashtirilgan guruhlari faoliyatini takomillashtirishni o&#8217;z ichiga olgan, O&#8217;zbekiston QYaOJning ixtiyoriy qutqaruv tuzilmalarini rivojlantirish;<\/li>\n<li>Xodimlar va ko&#8217;ngillilarning favqulodda vaziyatlardagi harakatlarga tayyorgarlik korish dasturini yaratish;<\/li>\n<li>Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa bo&#8217;limlarning qutqaruv xizmatlari bilan o&#8217;zaro aloqalar tizimini rivojlantirish;<\/li>\n<li>Ommaviy axborot vositalari va bosma nashriyotlar imkoniyatlaridan keng foydalangan holda har xil turdagi favqulodda vaziyatlarda aholining o&#8217;zini tutish qoidalari va birinchi o&#8217;ziga va o&#8217;zaro yordam ko&#8217;rsatish ko&#8217;nikmalari to&#8217;g&#8217;risidagi bilimlari va xabardorligini oshirish;<\/li>\n<li>Mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda jamoat sardorlari orasidan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko&#8217;rish mahalliy qo&#8217;mitalarini tuzish;<\/li>\n<li>Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko&#8217;rishni o&#8217;rgatish bo&#8217;yicha ko&#8217;ngilli o&#8217;qituvchilarning eng ilg&#8217;or tajribasini ishlab chiqish va tarqatish;<\/li>\n<li>Favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish dasturlarida ishtirok etadigan ofatlarga moyil aholi yashash punktlarida kichik va katta migitatsiya loyihalarini tashkil etish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-842 size-large\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/KRB3-1024x678.png\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"678\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/KRB3-1024x678.png 1024w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/KRB3-300x199.png 300w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/KRB3-768x508.png 768w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/KRB3.png 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish sohasida QYaOJning RO&#8217;UM bazasida o&#8217;quv-uslubiy faoliyatning zamonaviy yo&#8217;nalishlarini rivojlantirish va joriy etish, shu jumladan:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarda suv sanitariyasi va gigienasi;<\/li>\n<li>topografiya asoslari;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarda oilaviy rishtalarning tiklanishi;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko&#8217;rsatilishi;<\/li>\n<li>terrorchilik harakati natijasidagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish;<\/li>\n<li>tabiiy ofatlarning sabablari va oqibatlarini tadqiqot qilish doirasida favqulodda vaziyatlarni bashorat qilish va oldini olish;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarda operativ ta&#8217;minot va logistika;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarda moliyalashtirilishi va moddiy hisobot berilishi;<\/li>\n<li>favqulodda vaziyatlarda ko&#8217;ngillilar faoliyati tashkil etilishi.<\/li>\n<li>QYaOJning RO&#8217;UM faoliyati kadrlarni, ko&#8217;ngillilarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqishga, favqulodda vaziyatlarda boshqaruvni amalga oshirish masalalariga va O&#8217;zbekiston QYaOJ faoliyatining boshqa sohalariga ko&#8217;proq e&#8217;tibor qaratiladi.Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish holatlariga moljallangan normativ hujjatlar to&#8217;plamini ishlab chiqish va ilgari qabul qilingan hujjatlarni (yo&#8217;riqnomalar, qoidalar, tavsiyalar, zahira rejalarini) takomillashtirish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo&#8217;yicha Milliy Jamiyat faoliyatini takomillashtirish borasida ishlar davom ettiriladi.O&#8217;zbekiston QYaOJning Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko&#8217;rish bo&#8217;limi eng ilg&#8217;or tajribalarni o&#8217;rganish, yangi yo&#8217;nalish va standartlarni ishlab chiqish, o&#8217;z vaqtida monitoring o&#8217;tkazish va hisobot berish, ishlarni tizimli rejalashtirish orqali tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishda davom ettiradi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo&#8217;yicha hamkorlik:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>O&#8217;zbekiston QYaOJ, Yevropa Ittifoqi, YUNICEF, XQX va QYaOF, XQXQ, Germaniya Qizil Xoch, Xitoy Qizil Xoch, Turkiya, Qozog&#8217;iston, Qirg&#8217;iziston, Turkmaniston, Tojikiston Qizil Yarim oy Milliy Jamiyatlari va boshqa sheriklar bilan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi va o&#8217;zaro manfaatli masalalar bo&#8217;yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatida;<\/li>\n<li>O&#8217;zbekiston QYaOJning mahalliy darajada sheriklik aloqalarini rivojlantirishning keyingi istiqbollari mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek mahalliy hamjamiyatlar (mahallalardagi fuqarolar yig&#8217;inlari) va Jamiyat ko&#8217;ngillilari orqali amalga oshiriladi.<\/li>\n<li>O&#8217;zbekiston QYaOJ har tomonlama boshlang&#8217;ich tashkilotlar salohiyatini kuchaytiradi, chunki ular insonparvarlik faoliyatini rivojlantirishda ham, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasida ham Milliy jamiyatning ajralmas qismi hisoblanadi;<\/li>\n<li>Fuqarolar yig&#8217;inlarida jamoalar va boshlang&#8217;ich tashkilotlarning yaratilishi va rivojlantirilishi \u00a0ixtiyoriylikka asoslangan. Ko&#8217;ngillilikning rivojlanishi tabiiy ofatlar oqibatlarini samarali bartaraf etish va ularning paydo bo&#8217;lish xavfini kamaytirish asoslaridan biri sifatida mas&#8217;uliyatli fuqarolikni rivojlantirishga yordam beradi;<\/li>\n<li>Ko&#8217;ngillilar o&#8217;z vaqtini, bilim va ko&#8217;nikmalarini xizmat ko&#8217;rsatishga bag&#8217;ishlaganini hisobga olganda, O&#8217;zbekiston QYaOJ o&#8217;z imkoniyatlarini kengaytirishga, ko&#8217;ngillilarni o&#8217;qitishga va maslahat berishga, ularning ish sharoitlarini yaxshilashga va kundalik faoliyatida ham, favqulodda vaziyatlarda ham rag&#8217;batlantirishga intiladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;zbekiston QYaOJning 2020-2025 yillarga mo&#8217;ljallangan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish strategiyasi (OXK strategiyasi) Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":341,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"page-template-page-tree-inner.php","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-904","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/904","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=904"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/904\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1922,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/904\/revisions\/1922"}],"up":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/341"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=904"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}