{"id":353,"date":"2021-04-09T04:02:07","date_gmt":"2021-04-09T01:02:07","guid":{"rendered":"https:\/\/redcrescent.uz\/?page_id=353"},"modified":"2021-09-13T20:52:09","modified_gmt":"2021-09-13T15:52:09","slug":"dissemination-of-knowledge-about-international-humanitarian-law","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/activities\/dissemination-of-knowledge-about-international-humanitarian-law\/","title":{"rendered":"Xalqaro gumanitar huquq to&#8217;g&#8217;risidagi bilimlarni tarqatish"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-130 alignleft\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/3292_s-300x234.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"234\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/3292_s-300x234.jpg 300w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/3292_s.jpg 353w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p><strong>O&#8217;zbekiston Qizil Yarim oy Milliy Jamiyati faoliyatining eng muhim yoshlaridan biri &#8211; Xalqaro Gumanitar Huquq (XGH) haqidagi bilimlarni keng aholi orasida tarqatishdir<\/strong><\/p>\n<p>1949 yildagi Jeneva konvensiyalari va unga 1977 yilgi Qo&#8217;shimcha Protokollar XGHning asosiy hujjatlari bo&#8217;lib, ular insonning ma&#8217;naviy-axloqiy tamoyillariga, umuminsoniy qadriyatlarga va, birinchi navbatda, insonparvarlikka asoslangan. 1949 yilda to&#8217;rtta Jeneva konvensiyasining imzolanishi muhim tarixiy voqea bo&#8217;lib, mazmuni shu kungacha o&#8217;z ahamiyatini yo&#8217;qotmagan. Bu konvensiyalar faol armiyalardagi yaradorlar va kasallarni, tibbiy xodimlarni va kemada halokatga uchragan yoki asir olingan harbiylarni himoya qiladi. Konvensiyalar, shuningdek urush paytida tinch aholini himoya qilishni qonuniylashtirdi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-131 alignright\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/gk_s-203x300.jpg\" alt=\"\" width=\"203\" height=\"300\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/gk_s-203x300.jpg 203w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/gk_s.jpg 398w\" sizes=\"auto, (max-width: 203px) 100vw, 203px\" \/><\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston Respublikasi, mustaqil davlat sifatida, 1993 yil 3 sentyabrda 1949 yildagi Jeneva konvensiyalari va 1977 yilgi Qo&#8217;shimcha protokollarga qo&#8217;shildi.<\/p>\n<p>Qizil Yarim oy jamiyati, O&#8217;zbekistonning eng qadimgi xayriya tashkiloti bo&#8217;lib, respublika hukumatiga xalqaro gumanitar huquqni amalga oshirishda yordam beradi. Bu ish XGH asoschisi bo&#8217;lgan Xalqaro Qizil Xoch Qo&#8217;mitasi (XQXQ) bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Jamiyat Xalqaro gumanitar huquq (XGH), Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakatining tarixi va faoliyati haqidagi bilimlarni mahalliy hukumat organlari xodimlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, talaba yoshlar, mahalla qo&#8217;mitalari aholisi, hamkor tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari o&#8217;rtasida tarqatadi.<\/p>\n<p>O&#8217;zQYaOJ Namangan viloyat\u00a0 tashkiloti qoshida Farg&#8217;ona vodiysiga XGH bo&#8217;yicha mintaqaviy resurs markazi muvaffaqiyatli ishlamoqda. Hududiy markazining faolligi bilan Namangan viloyati hokimligi, mudofaa ishlari bo&#8217;yicha boshqarmalar, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va harbiy qismlar bilan hamkorlik to&#8217;g&#8217;risida bitimlar imzolandi.<\/p>\n<p><strong><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-129 alignleft\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/252s.jpg\" alt=\"\" width=\"210\" height=\"265\" \/><\/strong><\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy va O&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi hamda Xalq ta&#8217;limi vazirligi va XQXQning mintaqaviy vakolatxonasi bilan birgalikda umumta&#8217;lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o&#8217;quvchilari uchun davlat ta&#8217;lim standartiga kiritilgan &laquo;Shaxs va jamiyat&raquo; darsligini ishlab chiqdi (2005 yildan hozirgi vaqtgacha) (&laquo;Inson va jamiyat&raquo; 1997-2005.).<\/p>\n<p>Jamiyat 2004 yil aprel oyida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan <a href=\"https:\/\/redcrescent.uz\/about-us\/base-of-laws\/usage-and-protection-red-cross-emblem\/\">&laquo;Qizil Yarim oy va Qizil Xoch ramzlaridan foydalanish va ularni himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida&raquo; O&#8217;zbekiston Respublikasi Qonunining loyihasini<\/a> ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi va tayyorladi. Mazkur Qonunning vazirliklar, idoralar va joylarda qo&#8217;llanilishi Jamiyat tashkilotlarining uslubiy yordami va ko&#8217;magi bilan amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; O&#8217;zbekiston Qizil Yarim oy Milliy Jamiyati faoliyatining eng muhim yoshlaridan biri &#8211; Xalqaro Gumanitar Huquq (XGH) haqidagi bilimlarni keng&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":234,"parent":337,"menu_order":50,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"page-template-page-tree-inner.php","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-353","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/353","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=353"}],"version-history":[{"count":10,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/353\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1929,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/353\/revisions\/1929"}],"up":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/337"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/234"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=353"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}