{"id":329,"date":"2021-04-08T18:24:01","date_gmt":"2021-04-08T15:24:01","guid":{"rendered":"https:\/\/redcrescent.uz\/?page_id=329"},"modified":"2021-10-11T22:17:28","modified_gmt":"2021-10-11T17:17:28","slug":"emblem","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/international-movement\/emblem\/","title":{"rendered":"Emblema"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Yuz ellik yildan ortiq vaqt davomida Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy qurolli to&#8217;qnashuvlar qurbonlarini, shuningdek ularga yordam ko&#8217;rsatayotganlarni himoya qilib, insoniyatga xizmat qilmoqda.<\/strong><\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">1859<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-257 alignleft\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/1094.jpg\" alt=\"\" width=\"269\" height=\"208\" \/><\/p>\n<p align=\"justify\">\u0414<\/p>\n<p>XIX asrga qadar har bir davlat qurolli kuchlar tibbiy xizmatlari tomonidan qo&#8217;llanilgan o&#8217;z ramzlariga ega edi. Bu ramzlar ko&#8217;pchilikka ma&#8217;lum bo&#8217;lmagan, kamdan-kam hurmat qilingan va hech qanday huquqiy himoyani ta&#8217;minlamagan.<\/p>\n<p>XIX asrning ikkinchi yarmida o&#8217;qotar qurol ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi urush paytida halok bo&#8217;lganlar va yaradorlar sonining sezilarli o&#8217;sishiga olib keldi.<\/p>\n<p>1859-yil 24-iyunda Italiyani birlashtirish urushi bo&#8217;lib o&#8217;tgan. Sayohat paytida Anri Dunan ismli Shveytsariya fuqarosi Solferino shahriga yetib keldi. U erda u jang maydonida halok bo&#8217;lgan yoki yaralangan 45 mingdan ortiq askarlarning ogir ahvolda tashlab ketilgan fojiasiga guvoh bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p>Jenevaga qaytib, Anri Dunan kitob yozishni boshladi, unda u urush qurbonlariga yordam ko&#8217;lamini sezilarli darajada kengaytirishni taklif qildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">1862<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-258 alignright\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/solfer1-234x300.jpg\" alt=\"\" width=\"234\" height=\"300\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/solfer1-234x300.jpg 234w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/solfer1.jpg 336w\" sizes=\"auto, (max-width: 234px) 100vw, 234px\" \/><\/p>\n<p align=\"center\">\u00a0<\/p>\n<p>1862-yilda &laquo;Solferino xotiralari&raquo; kitobi nashr etildi. Bu kitobda ikkita taklif bildirilgan:<\/p>\n<ul>\n<li>har bir davlatda tinchlik davrida urush qurbonlariga yordam berish uchun ko&#8217;ngillilar guruhini tuzish;<\/li>\n<li>davlatlar tomonidan birinchi yordam ko&#8217;ngillilarini, shuningdek jang maydonida yaralanganlarni himoyasini ta&#8217;minlashga rozilik berilishiga erishish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Birinchi taklif bugungi kunda 188ta davlatda mavjud bo&#8217;lgan Milliy Jamiyatlarni yaratishga asos bo&#8217;ldi. Ikkinchisi, bugungi kunda 192ta davlat tomonidan imzolangan Jeneva konvensiyalari yaratilishining asosidir.<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\" align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">1863<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>1863-yil 17-fevralda Anri Dunan takliflarini o&#8217;rganish uchun besh kishilik qo&#8217;mita &#8211; bo&#8217;lajak Xalqaro Qizil Xoch Qo&#8217;mitasi yig&#8217;ildi.<\/p>\n<p>Yig&#8217;ilganlarning asosiy maqsadlaridan biri &#8211; yagona farqlovchi emblemani qabul qilish edi, uning qo&#8217;llanilishi qonun bilan mustahkamlanishi va qurolli kuchlar tibbiy xizmatiga, birinchi tibbiy yordam ko&#8217;ngillilariga, shuningdek qurolli to&#8217;qnashuvlar qurbonlariga hurmat ko&#8217;rsatilishini ta&#8217;minlashi lozim edi.<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-259 alignright\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/484.jpg\" alt=\"\" width=\"151\" height=\"150\" \/><\/p>\n<p>Emblema oddiy bo&#8217;lishi, uzoqdan aniq ajralib turishi, hammaga ma&#8217;lum bo&#8217;lishi, ittifoqchilar uchun ham, dushmanlar uchun ham bir xil bo&#8217;lishi va hamma tomonidan tan olinishi lozim edi.<\/p>\n<p>Birinchi xalqaro konferensiya 1863-yil 26-oktyabrda chaqirilgan bo&#8217;lib, unda 14 davlatdan vakillar ishtirok etishdi.<\/p>\n<p>Yaralangan askarlarga yordam beradigan jamiyatlar &#8211; bo&#8217;lajak Qizil Xoch jamiyatlari va keyinchalik Qizil Yarim Oy jamiyatlari tuzilishini tartibga soluvchi o&#8217;nta qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, konferensiya tomonidan oq fondagi qizil xoch tasviri farqlovchi timsol sifatida qabul qilindi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\" align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">1864<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>1864-yil avgust oyida, 1863-yilda qabul qilingan qarorlarni shartnoma me&#8217;yorlariga o&#8217;zgartirish uchun chaqirilgan, Diplomatik konferensiya birinchi Jeneva konvensiyasini qabul qildi.<\/p>\n<p>Shu tarzda zamonaviy gumanitar huquq yaratildi.<\/p>\n<p>Birinchi Jeneva konvensiyasi oq fondagi qizil xoch tasvirini farqlovchi timsol sifatida tan oldi.<\/p>\n<p>Emblema qurolli kuchlar tibbiy xizmatining betarafligini aks ettirishi va unga berilgan himoyani ko&#8217;rsatishi uchun mo&#8217;ljallangan edi. Qabul qilingan emblema Shveytsariya bayrog&#8217;ining teskari ranglari edi.<\/p>\n<p>Shveysariyaning doimiy neytral maqomini so&#8217;nggi yillar amaliyoti tasdiqlab keldi va 1815-yildagi Vena va Parij shartnomalari bilan mustahkamlandi. Bundan tashqari, oq bayroq muzokaralar yoki taslim bo&#8217;lish istagining ramzi bo&#8217;lib kelgan va shunday bo&#8217;lib qolmoqda. O&#8217;z xohish-istagi bilan oq bayroqni osib qo&#8217;ygan odamga qarata o&#8217;q otish mumkin emas bo&#8217;lgan.<\/p>\n<p>Hosil bo&#8217;lgan emblemaning afzalliklari &#8211; kontrast ranglarga ega bo&#8217;lgani uchun ko&#8217;paytirilishi va uzoqdan tanish osonligi edi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">1876-1878<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>Rus-turk urushi paytida Usmonlilar imperiyasi qizil xoch ramzi o&#8217;rniga oq fondagi qizil yarim oy timsolidan foydalanish niyatida ekanligini e&#8217;lon qildi. Qizil xoch timsoliga hurmat ko&#8217;rsatgan Usmonlilar imperiyasi hukumati, qizil xoch o&#8217;z tabiatiga ko&#8217;ra, musulmon askarlari uchun haqoratli, degan fikrda edi. Qizil yarim oy emblemasi mojaro tugagunga qadar vaqtincha foydalanish uchun tasdiqlangan edi.<\/p>\n<p align=\"justify\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-260 aligncenter\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/486-300x143.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"143\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/486-300x143.jpg 300w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/486.jpg 381w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">1929<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>Birinchi jahon urushidan so&#8217;ng, 1929-yilda Jeneva konvensiyalarini qayta ko&#8217;rib chiqish uchun Diplomatik konferensiya chaqirildi. Turkiya, Fors va Misr delegatsiyalari konferensiyadan qizil yarim oy, qizil sher va quyosh timsollarini tan olishni so&#8217;rashdi. Uzoq munozaralardan so&#8217;ng, Konferensiya ishtirokchilari bu timsollarni qizil xoch emblemasiga qoshimcha farqlovchi timsol sifatida tan olishga rozi bo&#8217;lishdi. Biroq, emblemalar sonining ko&#8217;payishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik uchun, Konferensiya ushbu timsollardan foydalana oladigan davlatlar sonini yuqorida aytib o&#8217;tilgan uchta davlat bilan cheklab qo&#8217;ydi. Jeneva konvensiyasiga muvofiq, uchta farqlovchi timsol teng maqomga ega bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p align=\"justify\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-261 aligncenter\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/485-300x99.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"99\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/485-300x99.jpg 300w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/485.jpg 465w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">1949<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan so&#8217;ng Jeneva konvensiyalarini qayta ko&#8217;rib chiqish uchun 1949-yilda chaqirilgan diplomatik konferensiyada timsollar masalasini hal qilish bo&#8217;yicha uchta taklif ko&#8217;rib chiqildi:<\/p>\n<ul>\n<li>Gollandiyaning yangi yagona emblema to&#8217;g&#8217;risidagi taklifi;<\/li>\n<li>qizil xochning yagona emblemasidan foydalanishga qaytish taklifi;<\/li>\n<li>Isroil qurolli kuchlari tibbiy xizmatining farqlovchi timsoli sifatida ishlatilgan Dovud qizil qalqonining yangi emblemasini tan olish haqidagi taklifi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Barcha takliflar rad etildi. Konferensiyada himoya timsollari sonining ko&#8217;paytirilishiga norozilik bildirildi. Qizil xoch, qizil yarim oy, qizil sher va quyosh timsollari yagona tan olingan timsollar bo&#8217;lib qoldi.<\/p>\n<p align=\"justify\">\n\u00a0<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">1980<\/span><\/p>\n<p>Eron Islom Respublikasi qizil sher va quyosh timsolidan foydalanish huquqidan voz kechayotganini va qizil yarim oy emblemasini qurolli kuchlar tibbiy xizmatining farqlovchi belgisi sifatida foydalanishda davom etishini e&#8217;lon qildi. Ammo, kelajakda yangi timsollar tan olinishi ehtimoli paydo bo&#8217;lgan holda, Eron qizil sher va quyosh timsoliga qaytish huquqini o&#8217;zida saqlab qoldi.<\/p>\n<p align=\"justify\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-262 aligncenter\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/485_x-300x99.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"99\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/485_x-300x99.jpg 300w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/485_x.jpg 465w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">1992<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>Timsollar hususidagi munozaralar 1949-yil qaroridan keyin ham davom etdi. Bir qator davlatlar va ularning hududida faoliyat ko&#8217;rsatayotgan yordam jamiyatlari bir vaqtning o&#8217;zida milliy timsolni yoki qizil xoch va qizil yarim oyning ikkala emblemasidan foydalanishni xohlashdi. 90-yillarga kelib, bir qancha murakkab qurolli to&#8217;qnashuvlarda qizil xoch va qizil yarim oyning betarafligini hurmat qilinishi borasida xavotirlar paydo bo&#8217;ldi. 1992-yilda XQXQ prezidenti hech qanday milliy, siyosiy yoki diniy ma&#8217;noga ega bo&#8217;lmagan qo&#8217;shimcha timsolni yaratish bo&#8217;yicha ommaviy murojaat bilan chiqdi.<\/p>\n<p align=\"justify\">\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">1999<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>Qizil Xoch va Qizil Yarim Oyning 1999-yilgi Xalqaro konferensiyasi barcha davlatlar uchun mazmunan va protsessual jihatdan ma&#8217;qul keladigan timsol masalasini har tomonlama va uzoq muddatga hal etish uchun davlatlar va milliy jamiyatlar vakillaridan iborat qo&#8217;shma ishchi guruhini tuzish taklifini qo&#8217;llab-quvvatladi.<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">2000<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>Ishchi guruhi ko&#8217;pchilik davlatlar va milliy jamiyatlarning tarixi qizil xoch va qizil yarim oy timsollaridan foydalanish bilan chambarchas bog&#8217;lik degan xulosaga keldi. Shunday qilib, barcha tomonlarga mos keladigan yechimning yagona yo&#8217;li milliy, siyosiy yoki diniy ma&#8217;noga ega bo&#8217;lmagan uchinchi qo&#8217;shimcha emblemani qabul qilish edi.<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p><strong>Yangi emblemaning dizayni undan foydalanayotgan milliy jamiyatlarga quyidagilarni imkonini berishi lozim edi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>yangi emblemaning markazida qizil xoch yoki qizil yarim oy joylashtirilishiga;<\/li>\n<li>yangi emblemaning markazida qizil xoch va qizil yarim oyni joylashtirilishiga;<\/li>\n<li>milliy emblemaning markazida ushbu milliy lamiyat tomonidan qo&#8217;llanilayotgan va XQXK hamda Jeneva konvensiyalari depozitariy davlatiga topshirilgan boshqa har qanday ramzni joylashtirilishiga.<\/li>\n<\/ul>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">2005<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>2005-yil dekabr oyida Jenevada bo&#8217;lib o&#8217;tgan Diplomatik konferensiya davomida davlatlar Jeneva konvensiyalari uchun qizil xoch va qizil yarim oy timsollari bilan birga qo&#8217;shimcha emblemadan foydalanishni tartibga soluvchi Uchinchi qo&#8217;shimcha protokolni qabul qildilar. Qizil kristall emblemasi deb nomlanuvchi yangi emblema Harakatning yillar davomida duch kelgan bir qancha muammolarni hal qilishga yordam beradi. Ular orasida:<\/p>\n<ul>\n<li>qizil xoch yoki qizil yarim oy timsolarini qabul qilishni xohlamagan davlatlarning Harakatga qo&#8217;shilish va qizil kristall emblemasi yordamida to&#8217;laqonli a&#8217;zo bo&#8217;lish imkoniyati;<\/li>\n<li>bir vaqtning o&#8217;zida qizil xoch va qizil yarim oydan foydalanish imkoniyati.<\/li>\n<\/ul>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-264 aligncenter\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/krist-300x99.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"99\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/krist-300x99.jpg 300w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/krist.jpg 465w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p align=\"center\">\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">2006<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>2006-yil iyun oyida yangi qo&#8217;shimcha emblema qabul qilinganligi sababli Harakat Nizomiga o&#8217;zgartirishlar kiritish uchun Jenevada Qizil Xoch va Qizil Yarim Oyning Xalqaro konferensiyasi chaqirildi.<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><span style=\"color: #ff0000;\">2007<\/span><br \/>\n\u00a0<\/p>\n<p>2007-yil 14-yanvarda 1949-yildagi Jeneva konvensiyalariga Uchinchi qo&#8217;shimcha protokoli kuchga kirdi (bu uni birinchi ikkita davlat ratifikatsiya qilganidan olti oy o&#8217;tgach sodir bo&#8217;ldi). Ushbu bilan hukumatlar va Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakati tomonlaridan foydalanish uchun qo&#8217;shimcha timsol yaratilish jarayoni yakunlandi.\u00a0<\/p>\n<p align=\"justify\">\u00a0<\/p>\n<p align=\"center\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-263 aligncenter\" src=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/kris_1-300x106.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"106\" srcset=\"https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/kris_1-300x106.jpg 300w, https:\/\/redcrescent.uz\/wp-content\/uploads\/kris_1.jpg 486w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yuz ellik yildan ortiq vaqt davomida Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy qurolli to&#8217;qnashuvlar qurbonlarini, shuningdek ularga yordam ko&#8217;rsatayotganlarni himoya&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":2,"menu_order":53,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"page-template-page-tree-inner.php","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-329","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/329","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=329"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/329\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1935,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/329\/revisions\/1935"}],"up":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/2"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/redcrescent.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=329"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}